Foto: Shutterstock
Hozirda biosensor klinikada sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra uning samaradorligi aniqlanadi. Italiyada havodagi SARS-CoV-2 virusi miqdorini aniqlaydigan va xabar beradigan biosensor ishlab chiqildi. Bu haqda Valensiya universitetlari assotsiatsiyasi saytida xabar qilindi.
"Sensor havodagi SARS-CoV-2 zarralarini aniqlaydigan maxsus antitanalardan foydalanadi", - dedi molekular aniqlash va texnologik rivojlanish institutining kimyo kafedrasi professori Anxel Makeyra.
Tizim havodagi virus miqdori xavfli darajada bo‘lganida signal beradi. Dastlabki sinovlar Valensiya universitetining biokimyo va molekular biologiya bo‘limida ishlab chiqilgan virussimon zarralardan foydalangan holda sinab ko‘rildi.
Hozirda biosensor klinikada sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra uning samaradorligi aniqlanadi va biosensor yordamida shifoxonalardagi bemor hamda shifokorlarning kasallikka chalinish ehtimolini kamaytirishga yordam beradigan choralar tizimi ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”