Foto: Honda
Honda kompaniyasi avtomobil salon filtri uchun virusga qarshi niqobni yaratdi. Marka vakillarining ta’kidlashicha, u havo orqali tarqaladigan viruslarning 99 foizini ushlab qolishga qodir, deb xabar beradi Motor.
Kurumask («avtomobil uchun niqob) nomli yangilikni ixtiro qilishda Honda koronavirusga chalingan bemorlarni tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi muhandislar guruhi bilan hamkorlik qilgan. Kurumask oddiy niqoblar kabi ishlaydi. Uni shunchaki salon filtriga kiygizish kerak, ushbu holatda niqob o‘z samaradorligini bir yil yo‘qotmaydi.
![]()
Foto: Honda
Mazkur ixtiro iqlim-nazorati resirkulyatsiya rejimida ishlaydigan Honda N-Box key-karida sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlarning ko‘rsatishicha, Kurumask havodagi virus tomchilarining 99,8 foizini 15 daqiqada yo‘q qiladi, 24 soatda esa ushbu ko‘rsatkich 99,9 foizga yetadi. Honda niqoblarning koronavirus borasidagi samaradorligi ma’lumot bermagan.
Ayni vaqtda virusga qarshi niqob faqatgina Honda N-Box modeli uchun taklif etilmoqda. Kelajakda uni markaning boshqa modellarida ham qo‘llash rejalashtirgan.
Kurumask’ning Yaponiyadagi narxi 7040 iyenani (68,5 dollar) tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Toyota va Honda tabiiy ofatlarda yordam beradigan avtobus-elektrostansiyani yaratdi

Koronavirusdan asrovchi niqobning zo‘ri qaysi?

Shveysariyalik olimlar antivirus jinsilarni yaratdi

AQSHda ko‘p marta foydalaniladigan tibbiy niqob ixtiro qilindi

INHA universiteti talabalari «aqlli niqob»ni ixtiro qildilar

Koronavirusni aniqlay oladigan niqob ustida ish olib borilmoqda