Kecha, payshanba kungi savdolarda bitkoin 40 ming dollardan qimmatlashdi. Bu haqda «CoinDesk» portali ma’lumotlari shohidlik beradi.
Shu tarzda kriptovalyuta qiymati tarixiy maksimumgacha yangilandi. Bitkoin narxi 8,5 foizga o‘sib, eng yuqori cho‘qqisida 40 013 dollarni tashkil etgan.
7 yanvarga o‘tar kechasi, Vashington (AQSH)dagi tartibsizliklar fonida, bitkoin rekordi 36 470 dollargacha chiqqandi. Tongda rekord yana bir marta yangilanib, 37 168 dollargacha ko‘tarilgan.
2020 yilning dekabr oyida jahon bo‘yicha taxminan 19 millionta bitkoin mavjudligi aniqlangandi, 2021 yilda ko‘rsatkich 21 millionga yetishi kutilmoqda. Talab taklifdan oshib borayotgani bois, kriptovalyuta qimmatlashda davom etadi. Shuning barobarida unutilgan parollar, mayning mashinalaridagi buzilishlar oqibatida uch milliondan besh milliongacha bitkoin yo‘qotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi