13:30 / 10.01.2021
2 282

AirPods narxidagi «aqlli» niqob nimalarga qodir?

AirPods narxidagi «aqlli» niqob nimalarga qodir?
Foto: AirPop
An’anaviy niqoblardan ko‘ra ko‘proq fitnes-trekerga o‘xshash qo‘shimcha funksiyalarga ega AirPop Active+ niqobi taqdim etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Niqob tashqi ko‘rinishi bilan oddiy matoli niqoblardan deyarli farq qilmaydi, faqatgina chap tomonidan Halo AirPop datchigi o‘rnatilgan. Uni tashuvchi qurilmaning intellektual qismi deb atashmoqda.

Datchik nafas olish chastotasini o‘lchaydi va niqobga o‘rnatilgan filtrni nazorat qiladi. Filtr changni, allergenlar va xavfli zarralarni bloklashga mo‘ljallangan bo‘lib, cheklangan xizmat muddatiga ega. Almashtirish kerak bo‘lsa, foydalanuvchi bundan xabar topadi.

Datchik Bluetooth orqali Android va iOS qurilmalariga ulanadi. Inson sog‘lig‘i va niqobning holati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni AirPop mobil dasturi yoki Apple Healthkit orqali kuzatib borish mumkin.

Foto: AirPop
Xususan, u yerda niqob taqib yurilgan vaqtida qancha zararli moddalarni bloklagani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasvirlanadi. Shuningdek, daqiqasiga olinadigan va chiqariladigan nafaslar soni ham hisoblanadi. «Aqlli» niqob ma’lumotlar almashish va havoning tozaligi orqali uni yechish yoki yechmaslik to‘g‘risida ma’lumot beradi.

AirPop kompaniyasining ma’lum qilishicha, niqob «intellekti» — Halo datchigi — «tabletka» tipidagi batareyalardan quvvatlanib, olti oygacha ishlay oladi.

«Aqlli» niqobni seriyali ishlab chiqarish yanvar o‘rtalari yoki oxirlaridan, CES taqdimotidan so‘ng boshlanadi. U an’anaviy niqoblardan ancha qimmat — 150 dollar. Jamlanmadan to‘rtta filtr o‘rin olgan bo‘lib, uning har biri 40 soat samarali ishlay oladi. Almashtiriladigan filtrlarning har biri 25 dollardan sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AirPods narxidagi «aqlli» niqob nimalarga qodir?