10:20 / 14.01.2021
1 974

iPhone 12’da yurak stimulyatoridan foydalanadigan insonlar uchun xavf aniqlandi

iPhone 12’da yurak stimulyatoridan foydalanadigan insonlar uchun xavf aniqlandi
Foto: «9to5mac.com»
iPhone 12 dunyoga mashhur tibbiyot qurilmalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Medtronic kompaniyasining yurak stimulyatorini ishdan chiqardi. Bu haqda Hearth Rhythm Jounal nashrida so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, smartfon qurilmaga yetarli darajada yaqin olib kelingan. Yurak stimulyatorining ishdan chiqishiga smartfonning o‘zi emas, balki undagi magnitlar sonining ortgani sabab bo‘lishi mumkin. Smartfondagi magnitlar magnit quvvatlanish va MagSafe aksessuarlari uchun zarur.

Shu bilan birga, Apple saytida magnitlar va elektromagnit maydonlar yurak stimulyatori yoki defibrillyator kabi tibbiyot qurilmalarining ishiga ta’sir ko‘rsatishi haqida yozilgan. Ammo ta’kidlanishicha, iPhone 12’dagi magnitlar sonining ko‘pligi bundan oldingi iPhone’lar lineykasining boshqa modellari kabi tibbiyot qurilmalari uchun katta magnit to‘sqinliklarini yuzaga keltirmaydi.

Hozircha yurak stimulyatoriga ega insonlardan smartfon va boshqa har qanday magnitli qurilmalardan uzoqroq bo‘lishi tavsiya qilinmoqda — bu kabi qurilmalarni kiyimning hamyoniga solish kerak emas. Tibbiyot qurilmalari ishlab chiqaruvchilariga, jumladan, Medtronic’ka foydalanuvchilar hayotida xavf tug‘dirmaydigan oddiy texnikalarda magnitlarda foydalamaslik bo‘yicha maslahat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 12’da yurak stimulyatoridan foydalanadigan insonlar uchun xavf aniqlandi