Foto: Reuters
Bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
Amerika mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda deb hisoblanayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, ro‘yxatga yana to‘qqizta yuridik shaxs kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham bor.
Qayd etilishicha, bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘langan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlagandi.
2019 yil yozida AQSHda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan bog‘langani va ularga aloqa hamda sun’iy ong tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishi ma’lum qilingan. Shundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini tuza boshlagan. Ushbu ro‘yxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqaruvchi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”