Yangi smartfonlardagi garchi barcha dasturlar mukammal ishlasa-da, foydalanuvchilar shunga qaramay yangilarini yuklab olishga harakat qiladilar. Ammo ularning foydasidan zarari ko‘pligi haqida hamma ham bilavermaydi. Quyida ana shunday dasturlar haqida.
1. "GetContact" va "Truecaller" kabi qo‘ng‘iroqlarni aniqlashtiruvchi dasturlar. Ular noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilgan odamning ismini aniqlash kerak bo‘lganda foydalidir. Biroq, xuddi shu tarzda, sizning ismingiz va raqamingizni ham oshkor qiladi. Va shu bilan birga ular sizning manzillar daftaringizni o‘rganib chiqib, ma’lumotlar bazasiga qo‘shish uchun u yerdan barcha ma’lumotlarni nusxalaydi.
2. Batareya quvvatini tejashga mo‘ljallangan dasturlar. Odatda ular quvvat darajasini ko‘rsatib, sehrli tugmachani bosishni taklif qiladi. Ammo bu hech qanday natija bermaydi. Eng yaxshi holatda og‘ir dasturlar xotiradan o‘chiriladi, ular tez orada yana yuklanadi va undan ham ko‘proq tizim resurslarini sarflaydi.
Bundan tashqari, bunday dasturlarda ko‘pincha reklama ko‘rsatiladi. Bu foydalanuvchidan ortiqcha Internet sarfiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan batareya bilan ishlash uchun standart operatsion tizim vositalaridan foydalangan yaxshiroqdir.
3. Xotirani tozalaydigan vositalar. Ular batareyalar «kuchaytirgichlari» bilan deyarli bir xil ishni bajaradilar. Bir muncha vaqt RAMda haqiqatan ham ko‘proq joy ko‘rinadi, ammo bu ta’sir juda qisqa muddatlidir.
4. Chiroqlar har qanday mobil operatsion tizimga o‘rnatiladi. Shuning uchun boshqasini yuklab olishdan ma’no yo‘q. Ularning aksariyati manzillar kitobi, qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati, SMS va boshqa bo‘limlarga kirishni talab qiladi.
5. QR kodlari va hujjatlar skanerlari. Birinchidan, ular kamera dasturiga va "Google Drive"ga birlashtirilgan, ikkinchidan, yaqinda ushbu dasturlardan birida zararli funksionallik aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”