Foto: Reuters
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida uning asoschisi Jek Dorsi qoldirgan ilk tvit 2,9 mln dollardan ko‘proqqa sotildi. Avvalroq Dorsi ushbu tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ygandi. Kimoshdi savdosi tvitlar oldi-sotdisi uchun yaratilgan Valuables onlayn-auksionida o‘tkazilgan.
NFT tokeni ko‘rinishidagi lot sohibi Bridge Oracle kompaniyasi direktori Xakan Estavi bo‘ldi. Estavi u uchun 2 mln 915 ming 835 dollar to‘lagan.
Dorsi Twitter’dagi ilk tvitni 2006 yil 21 mart kuni joylashtirgan. Unda “just setting up my twttr” (“shunchaki tvitterimni sozlayapman”) degan yozuv bo‘lgan.
just setting up my twttr
— jack (@jack) March 21, 2006
Dorsi ushbu tvitni 1 dollar boshlang‘ich narx bilan 15 dekabrda sotuvga qo‘ygan. 6 martgacha unga taklif qilingan eng yuqori summa 3500 dollarni tashkil etgandi. Dorsi o‘z sahifasida auksion havolasini joylashtirganidan so‘ng takliflar keskin ko‘paygan.
Tvitni sotib olgan Estavi avvalroq unga 2,5 mln dollar taklif qilgan, biroq savdolar oxirida narxni 400 ming dollardan qo‘proqqa oshirishga qaror qilgan.
Avvalroq Dorsi savdolardan olinadigan barcha pulni GiveDirectly jamg‘armasining pandemiya sharoitida Afrika aholisiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan dasturiga xayriya qilishini aytgan.
Ma’lum qilinishicha, xaridor tvitning o‘zini emas, balki tvit muallifi imzosi bo‘lgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi. Tvitning o‘zi platformada qoladi.
Raqamli sertifikatda tvit e’lon qilingan kun va vaqt, uning mazmuni va muallif kriptohamyonining raqamli imzosi bo‘ladi.
NFT tokenlari virtual mulkni sotib olish yoki uni biror kimga topshirish uchun qo‘llanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi