00:11 / 23.04.2021
2 201

O‘zbekistonga koronavirusni kattalashtirib ko‘rsatadigan elektron mikroskop olib kelindi


Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Ma’lum qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika patologik anatomiya markaziga Yaponiyaning nufuzli JEOL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan JEM-2100Plus rusumdagi zamonaviy transmission elektron mikroskop olib kelindi. Maxsus mikroskopni keltirishdan maqsad mamlakatda koronavirus hamda boshqa kasalliklarga qarshi samarali kurash, aniq tashxis va ular ustida yuqori texnologik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ekanligi ta’kidlangan.

«Yangi transmission elektron mikroskop 1 nanometrli tuzilmani million marta kattalashtirib, 1 millimetr darajada ko‘rsatadi. Masalan: 100 nanometrli koronavirusni million marta kattalashtirib, 10 sm qilib ko‘rsatadi. Hozirda undan to‘liq foydalanish va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish yo‘lga qo‘yildi.

15 apreldan boshlab yurtimizdagi barcha tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlar bilan shartnomalar tuzilib, tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1 maydan boshlab tekshirishga qabul qilingan biologik materialga maxsus tartibda ishlov berish, elektron mikroskopda ko‘rib o‘rganish, elektronnogrammalar olish, ularni ilmiy jihatdan tavsiflab, egasiga qaytarish yo‘lga qo‘yiladi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu zamonaviy mikroskop Innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga koronavirusni kattalashtirib ko‘rsatadigan elektron mikroskop olib kelindi