Foto: Glamour
Yaponiyada ertalab uyg‘onishga qiynaladigan va shu sababli ishga doim kech qoladigan insonlar uchun mobil dastur yaratildi. Mezamee yordamida foydalanuvchi uydan vaqtida chiqadi, aks holda u jarima to‘lashga majbur bo‘ladi, deb xabar beradi Glamour.
Dastur quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchi o‘zining plastik kartasini unga bog‘lab qo‘yadi, Google Maps’da uy manzilini ko‘rsatadi va uydan chiqish vaqtini belgilaydi. Agarda foydalanuvchi belgilangan vaqtda uydan 100 metr uzoqlikka qadar yetib bormasa, uning hisobidan pul yechib olinadi. Jarima miqdorini esa foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.
Mobil dastur foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini so‘rashiga qaramay, u yaponlarga juda yoqib qolgan. «Ayrilish mumkin bo‘lgan mablag‘ni tanlash mumkin ekan, ajoyib», «Boyo‘g‘li bo‘lishdan qutilaman shekilli», «Men kulganimga qaramay, ro‘yxatdan o‘tdim. Omad tilanglar», deb yozadi foydalanuvchilar.
Dasturchilar kelajakda Mezamee’ga yangi funksiyalarni qo‘shish niyatida, masalan, vaqtni bir hafta oldindan belgilash imkoniyati. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”