15:15 / 21.05.2021
2 927

«iPhone sizlarni qulga aylantiradi». Pavel Durov Apple’ni tanqid qildi


Foto: IXBT
Telegram asoschisi Pavel Durov Apple Xitoydagi foydalanuvchilarni keng ko‘lamda kuzatishda ishtirok etayotgani keltirilgan The New York Times’da maqolaga izoh berdi, deb yozadi IXBT.

Durov bu hayratlanarli emasligini, chunki yirik texnologik kompaniyalar ko‘pincha erkinlikni emas, balki foydani ma’qul ko‘rishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Telegram asoschisi faqat zarurat tug‘ilganida iPhone’dan foydalanishini ta’kidlab o‘tgan.

«Apple o‘zlarining ekotizimiga bloklangan, eskirgan qurilmalarini mijozlarga qimmat narxlarda sotishga asoslangan biznes-modelini juda samarali amalga oshirmoqda. Har safar dasturimizning iOS uchun versiyasini sinashda, iPhone’dan foydalanishga majburligida, o‘rta asrlarga tushib qolgandek bo‘ladi. 60 gersli yangilanish chastotasiga ega iPhone displeylari 120 gersli ekranlarga ega zamonaviy Android telefonlar bilan raqobatlasha olmaydi», — deydi Durov.

Telegram asoschisining qo‘shimcha qilishicha, iPhone foydalanuvchini Apple’ning raqamli quliga aylantiradi, chunki u Apple ruxsat bermagan dasturlardan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, zaxira ma’lumotlar nusxasini yaratish uchun faqatgina iCloud’dan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

«Apple yordamida iPhone’dan foydalanadigan fuqarolarining dasturlari va ma’lumotlari ustidan to‘liq nazoratga ega Xitoy Kommunistik partiyasi kompaniyaning totalitar yondashuvini qadrlashi ajablanarli emas», — deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «iPhone sizlarni qulga aylantiradi». Pavel Durov Apple’ni tanqid qildi