«O‘zgidromet» axborot xizmatining xabar berishicha, shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda havodan ichimlik suvi ishlab chiqarish generatori ishga tushirilgan.
Xabarda keltirilishicha, Qorakalpog‘istonda joylashgan Chimboy tumani meteostansiyasiga atmosfera havosidan ichimlik suvini ishlab chiqarish «atmosfera suv generatori» (Airaqua - 7 ta tozalash filtridan iborat) qurilmasi tajriba (sinov) tarzida ishga tushirilgan.
Mazkur qurilma ichimlik suvi yetib bormagan va yetkazib berish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadigan hududlarga moslashtirilgan. Ushbu innovatsion texnologiya sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan va undan olinayotgan statistik ma’lumotlardan foydalangan holda respublikadagi boshqa meteostansiyalarga o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, atmosfera havosi namliklarning ulkan rezervuari ekani hisobga olinsa, atmosfera suv generatorini o‘rnatish atmosfera suvini ishlab chiqaruvchi dunyodagi samarali qurilma deb hisoblansa bo‘ladi. Ushbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv olish imkonini beradi.
Ushbu qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgacha ichimlik suvi yetkazib berish imkonini beradi. Ko‘p quvvat (1 kilovatt) talab qilmasligi, ixcham, ekologik toza, foydalanishda texnik jihatdan inson hayotiga xavfsizligi uning qulay jihatlaridan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”