
Foto: Caviar
Flagmanlarning g‘ayrioddiy versiyalarini taqdim etish bilan tanilgan Caviar kompaniyasi 12 iyun — Rossiya kunini o‘ziga xos nishonlash maqsadida iPhone 12 lineykasi bazasidagi yangi kolleksiyasini yaratdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Kolleksiyadagi eng hayratlanarli model — «Tourbillion Rossiya». Smartfon korpusi titan va oltindan ishlangan, orqa qismiga turbiyonli soat va Rossiya gerbi tushirilgan. Narxi — 644 ming rubl (8900 dollar).
«Kuchli Rossiya» modeli uchun kompaniya «pishirilgan» karbondan foydalangan — mazkur material Italiyaning «Ilg‘or kompozitsion konstruksiyalar laboratoriyasi» asoschisi Paolo Feraboli tomonidan 2006 yilda Lamborghini kompaniyasi uchun yaratilgan. Narxi — 379 ming rubl (5250 dollar).

Foto: Caviar
Navbatdagi modelga «Boy Rossiya» nomi berilgan. Modelning asosini yemirilishlarga bardoshli oltin aralashmasi tashkil etadi. Rossiya gerbi ham oltindan ishlangan, dekorativ elementlari brilliantlar bilan bezatilgan. «Kreml devorlari» rangidagi yengil kompozit ham bor bo‘lib, unga an’anaviy naqshlar tushirilgan. Narxi — 1 375 000 rubl (19 ming dollar).

Foto: Caviar “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar