Ijtimoiy tarmoqlarda VPN'dan foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar tarqalmoqda. AKT vazirligi uch yil oldingi bayonotida VPN ilovalardan foydalanish ma'muriy javobgarlikka ham, jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lmasligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston hududida ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatining cheklanishi ortidan 2 iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.
Ushbu muammolarni chetlab o‘tish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan turli VPN ilovalar orqali foydalanish holatlari ko‘paymoqda.
Shu bilan birga, bu ilovalar orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirayotgan foydalanuvchilarda bu harakat uchun javobgarlik mavjudmi, degan xavotir ham bor.
2018 yil 22 oktyabrdagi qonun bilan, telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun jinoiy (JK 278-7-moddasi) va ma'muriy (MJtK 155-2-moddasi) javobgarlik belgilangan.
Ushbu moddalarga ko‘ra:
- o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoiy javobgarlikka;
- telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bu nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvchisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?
Ushbu qonun qabul qilinishidan oldin uning loyihasi e'lon qilinganida ham jamoatchilikda shu kabi savollar tug‘ilgandi. O‘shanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu xavotirlarga javoban yuqoridagi moddalar VPN ilovalardan foydalanganlik uchun javobgarlikni nazarda tutmasligini bildirgan.
Jumladan, vazirlik Jinoyat kodeksidagi modda xalqaro trafiklardagi o‘tkazmalar to‘g‘risida ekanini, mazkur moddada shaxsiy yoki tadbirkorlik maqsadlarida axborot hamda axborot resurslaridan, shuningdek, buning uchun VPN tarmoqlari, VPN kanallari, proksi-serverdan foydalanishni cheklash masalasi ko‘zda tutilmaganini ta'kidlagandi.
MJtKga kiritilayotgan moddada esa begona Wi-Fi tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalanish, tarmoq foydalanuvchilariga bildirmasdan tarmoqni buzib kirish hamda internet-trafikdan foydalanish kabi o‘g‘irlikka teng holatlar ko‘zda tutilgani ma'lum qilingan.
3 yilgi oldingi bayonotida vazirlik so‘nggi vaqtlarda Wi-Fi tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘payib borayotgani va ushbu holatlarga chek qo‘yish maqsadida mazkur javobgarlik joriy etilayotganini bildirgan. Demak, xulosa qilish mumkinki, VPN ilovalardan foydalanish ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi