Foto: IXBT
KickStarter saytida 32°N nomli ko‘zoynaklarni yaratish uchun yo‘lga qo‘yilgan mablag‘ yig‘ish jarayonlari yakunlanmoqda. Ixtirochilar o‘z mahsulotini «bir urinishda o‘qish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynakka aylanuvchi quyoshdan himoyalaydigan ko‘zoynak» deya ta’riflamoqda, deb xabar beradi IXBT.
Ko‘zoynaklar siri — optik kuchni qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida o‘zgartira oladigan faol soha mavjudligida. Boshqaruv «dujka»dagi sensor bo‘ylab sirpanish orqali amalga oshiriladi. O‘zgarish diapazoni — +2 dioptriygacha. Mobil dastur orqali linzalar yonganda qabul qiladigan aniq bir qiymatni sozlash mumkin. Kattartirishni o‘chirish uchun, «dujka» bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishga siljitish kifoya.
Ko‘zoynaklarni qo‘lga kiritish uchun qo‘yiladigan minimal badal puli 229 dollarni tashkil etadi. Ayni vaqtda 276 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan, bu dastlabki mo‘ljaldan 10 baravarga ko‘p demak. Loyiha mualliflari ko‘zoynaklarni 2022 yilning aprelidan yetkazib berishni va’da qilgan. Ulgurji savdoda ko‘zoynaklar narxi 449 dollarni tashkil etadi.
Foto: IXBT
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning sentabrida Kanadada sun’iy intellektga ega ko‘zoynak yaratilgan edi. U o‘z egasining dangasalik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”