
“Toshkent transporti" mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.
Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda, manzilga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.
Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shoxobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish, shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda A nuqtadan B nuqtaga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar