O‘zbekistonda «Promobot» deb nomlangan Rossiya qo‘riqchi robotlari paydo bo‘ldi. Bu haqda «Promobot» kompaniyasi xabar berdi.
«Promobot» Rossiya robotlar xizmati Toshkentdagi yirik qo‘riqlash uskunalari shou-rumida ish boshladi», deyiladi ishlab chiqaruvchilar izohida.
Robotning vazifalari do‘konlarda patrullik qilish, do‘kon xodimlari va mehmonlarni videokuzatuvga olishdan iborat. U o‘ziga o‘rnatilgan datchiklar orqali erkin harakatlana oladi. Shuningdek, kompaniya faoliyatiga doir savollarga javob ham beradi.
Robot ingliz va rus tilida gaplashadi. Boshqa qurilmalar bilan ham aloqaga kirishadi. Vokzallar, savdo markazlari va odamlar gavjum joylardagi ekotizimni ham qo‘riqlaydi.
Kompaniya direktorining aytishicha, «Promobot» inson omili xatolaridan mutlaqo xoli. Masalan, charchamaydi, tashrif buyuruvchilarga qo‘pollik qilmaydi, ishga kech qolmaydi va hech qachon adashmaydi.
Hozirgi paytda «Promobot» Qozog‘iston ichki ishlar departamentlari, Germaniya korxonalari va Abu-Dabi politsiyasida ish boshlagan. Birlashgan Arab Amirliklari yana 3 ta robotga buyurtma bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari