19:42 / 16.08.2021
3 379

Olimlar koronavirusni o‘ldiradigan matoni yaratishdi

Olimlar koronavirusni o‘ldiradigan matoni yaratishdi
Foto: «Eyalassaf.com»
Rossiyalik olimlar antivirusli va antibakterial ta’sirga ega noyob matoni yaratishdi. Materialni ishlab chiqish «Millat salomatligi» NPO tomonidan amalga oshirildi, ular matoni «ionit» deb atashdi, deb yozadi «Izvestiya».

Matodan niqoblar, tibbiy kombinezonlar, filtrlar tikish mumkin. To‘qimalarga kirgan COVID-19 virusi shu zahoti yo‘q qilinadi.

«Biz materialning tuzilishiga faol organik molekulalarni «payvand qilganmiz». Bu parchalar material yuzasiga yetganda viruslar va bakteriyalarni o‘chiradi, ya’ni yo‘q qiladi. Bundan tashqari, materialning sirtidagi faol bo‘laklar «bug‘lanib ketmaydi», — dedi uyushma direktori Maksim Yakovlev gazetaga bergan intervyusida.

Mato havoni yaxshi o‘tkazadi va tana uchun qulay. «Rospotrebnadzor» koronavirus bilan kasallanish xavfi bo‘lgan ishchilar uchun bir martalik va ko‘p marta ishlatiladigan kiyim ishlab chiqarishni tavsiya etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar koronavirusni o‘ldiradigan matoni yaratishdi