22:57 / 05.10.2021
1 968

Gadjetlarning ishdan chiqishiga olib keladigan 10 xato

Gadjetlarning ishdan chiqishiga olib keladigan 10 xato
Kundalik hayotimiz, ish va o‘qish bilan bog‘liq vazifalarni yengillashtirishga hissa qo‘shadigan texnikalar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ma’lumotga ega bo‘lgan yaxshi.

Qizib ketishiga befarq bo‘lish

Foto: AdMe
Yuqori harorat batareyani ishdan chiqishi va qurilmadagi ayrim ichki elementlarni kengayishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham yaxshisi jaziramada noutbukni mashina ichida qoldirmagan yaxshi. Agar boshqa iloji bo‘lmasa, kompyuterning to‘liq o‘chganiga ishonch hosil qiling.

Qo‘llarni yaxshilab yuvmaslik

Foto: AdMe
Aksariyat hollarda kompyuter va noutbukdan foydalanganda qo‘llar toza bo‘lishi haqida qayg‘urish yodimizdan chiqadi. Qo‘llar yetarlicha toza bo‘lmasa, kir va yog‘lar bir necha yil davomida korpusda yig‘ilib, vaqti kelganda o‘zini namoyon qilmay qolmaydi. Ayniqsa, sensor bilan ishlaganda ular uzoq vaqt xizmat qilishi uchun qo‘llar toza va quruq bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.

Noutbukni noto‘g‘ri yopish

Foto: AdMe
Noutbukni ehtiyotkorlik bilan ochib-yopishning o‘zi kifoya emas. Uni usti va o‘rtasini ushlab turib yopish kerak.

Yumshoq joyga qo‘yib ishlash

Foto: AdMe
To‘shak yoki yostiq ustiga qo‘yib ishlanganda ventilyatsiyasi yopilib qolib, issiqlik chiqib ketmasligi mumkin. Qizib ketishi esa ichki komponentlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Agar yotoqda ishlashga majbur bo‘lib qolsangiz, havo havo aylanishiga hech nima xalal bermayotganiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Maxsus taglik qo‘ying yoki tizzangizga qo‘yib ishlang.

G‘ilof kiydirmaslik

Foto: AdMe
Kompyuterlarda odam terisi singari tirnalish yoki qirilishlardan keyin tiklanish xususiyati bo‘lmaydi. Shu sabab ham noutbuklarga xuddi telefon singari g‘ilof kiydirish kerak. Uning sifatlisi texnikangizni chang va mayda zararlardan himoya qiladi.

Quyosh nurlaridan himoya qilmaslik

Foto: AdMe
Nafaqat telefon, balki kompyuterlarni ham quyosh nurlari ostida qoldirmaslik kerak. Telefonlar asosan issiq haroratga ta’sirchan bo‘lgan ikki xil material — metall va shishadan yasaladi. Quyosh sensorli ekranni qizdirishi, shundan keyin gadjet odatdagidan farqli ishlashi mumkin.

Noto‘g‘ri joyda quvvatlash

Foto: AdMe
Qizib ketishining oldini olish uchun telefonni ayniqsa, issiq kunlarda yostiq ustiga qo‘yib quvvatlamaslik kerak. Mobil qurilma quvvatlagichga ulanganda odatdagidan ko‘proq issiqlik ajraladi. Yostiq ustida turishi esa issiqlikni tarqalishiga qarshilik qiladi. Oqibatda ichidagi sezuvchan detallar haddan ortiq qizib, noto‘g‘ri ishlash kuzatilishi mumkin.

Quvvati butkul tugagunicha ishlatish

Foto: AdMe
Ko‘pchilik telefonni kechasi bilan quvvatlagichga qo‘yib qo‘yishni yaxshi g‘oya emas deb o‘ylaydi. Aslida esa unday emas. Akkumulator uchun quvvatni to‘liq yo‘qotilishi og‘irlik qiladi va doimiy ravishda telefon quvvatini hatto displey yoqilishiga ham yetkazmay yurilsa, batareyaning xizmat qilish muddat sezilarli darajada kamayadi. Shu sabab ham akkumulator uchun telefonning kechasi bilan quvvatlanishi butkul quvvatsiz qolishidan ko‘ra yaxshiroq sanaladi.

Parvoz rejimidan foydalanmaslik

Foto: AdMe
Ushbu rejimdan aksariyat hollarda samolyotda ekanligimizda foydalanamiz. Ammo undan mobil aloqa ushlamaydigan va Wi-Fi yo‘q joylarda foydalanish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Gap shundaki, telefon nima bo‘lsa ham aloqa qidirishga energiya sarflaydigan qilib tuzilgan. Shuni inobatga olgan holda parvoz rejimidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Tinimsiz ishlatish

Foto: AdMe
Noutbuk ishlatilmayotganda o‘chirib qo‘yish kerakligi hech kimga sir emas. Ammo oylar davomida tinimsiz ishlatilgani sabab telefonlar ko‘proq zo‘riqadi. Shu sabab ham telefonni hafta davomida bir necha daqiqaga o‘chirib turishni unutmaslik kerak. Shunda gadjetingiz ko‘proq xizmat qilishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gadjetlarning ishdan chiqishiga olib keladigan 10 xato