Hyundai Motor kompaniyasi avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilardan foydalangan holda Re:Style nomli yangi kiyim-kechak kolleksiyasi va aksessuarlarini taqdim etdi. 12 ta buyumdan iborat kolleksiya Hyundai’ning ekologiya haqida qayg‘urishini ifodalaydi. Kolleksiya namoyishlari Seul va Parijda bo‘lib o‘tgan, L’Eclaireur va Boontheshop butiklarida cheklangan tirajda sotilmoqda, deb xabar beradi Motor.
2021 yilda dizaynerlar Re:Style uchun kiyim-kechak va aksessuarlarni yostiqcha va xavfsizlik kamaridan tikkan, shuningdek, Ioniq 5’ning intererini qoplashda ishlatilgan qayta ishlangan tola va bio-RЕT (o‘simlikdan olingan monoetilenglikolli termoplastik, qazib olinadigan xom ashyo emas) o‘simlik xom ashyosidan foydalangan. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, noodatiy «mato»dan tikilgan kiyimlari yemirilishga bardoshli, kolleksiyaning o‘zi ikkilamchi xom ashyodan foydalanishning yangi imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Re:Style 12 ta buyumdan iborat: sport shortisi, xudi, svitshotlar, shorti va shimlar. Butiklarda kolleksiya ikki haftagina sotiladi — 28 oktabrga qadar — L’Eclaireur va Boontheshop saytlarida esa 10 noyabrgacha sotiladi. Savdolardan tushgan mablag‘ni Hyundai eko-loyihalar, xususan, avtomobilga taalluqli bo‘lmagan sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi