«O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (699-son, 19.11.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, 2023 yilgacha, jumladan:
- xalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
- 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;
- optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
2021 yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta’limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.
Qarorga ko‘ra:
▪️ mavjud chegara o‘tish nuqtalari orqali «O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston», «O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy» va «O‘zbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya» yo‘nalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etiladi;
▪️ Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va o‘zaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
2022 yil 1 yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi:
ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan;
ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi