1 783
Twitter va Facebook Pekin qarashlarini ilgari surgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi
Foto: AP
Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlari Pekinning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tarqatgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Twitter Xitoyning Shinjonda inson huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etish bilan shug‘ullangan 2 mingdan ortiq akkauntni o‘chirgan. Bu akkauntlar Shinjonda olingan videoroliklarni joylashtirgan. Ularda bu joy “farovonlik va erkinlik hududi” deb e’tirof etilgan.
Facebook Uilson Edvards ismli o‘ylab topilgan shveysariyalik biolog nomidan xabar tarqatgan 500dan ortiq akkauntni bloklaganini xabar qildi. Aslida mavjud bo‘lmagan olim AQSH JSSTning koronavirus kelib chiqishi bilan bog‘liq tekshiruvlariga aralashayotganini ta’kidlagan. Shveysariyaning Pekindagi elchixonasi “Uilson Edvards” ismli olim yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng Facebook uning akkaunti xabar tarqatilishidan 12 soat avval ochilganini aniqlagan.
Twitter va Facebook Xitoyda bloklangan. Vashington Xitoyni Shinjonda ommaviy qatag‘onlar o‘tkazishda ayblab keladi. Pekin bu ayblovlarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi