Bugun, 6 dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Foreign Languages telekanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qayd etilishicha, ushbu telekanal «Oilaviy» negizida faoliyatini olib boradi.
Foreign Languages telekanali aholi, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish, talabalarga chet tillarini o‘zlashtirishga yordam beradigan ilmiy-ommabop, hujjatli, badiiy filmlar namoyishi, malakali mutaxassislarni jonli til dasturlariga jalb qilish, shuningdek, ular ishtirokida asosiy ko‘rsatuvlar, videolar, o‘yinlar, ko‘ngilochar filmlar yaratish va efirga uzatish bilan shug‘ullanadi.
Ayni vaqtda Foreign Languages telekanali o‘z taqdimot ko‘rsatuvlarini namoyish etmoqda.
Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilingan holda efirga uzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi