08:08 / 25.12.2021
1 290

Kompyuter o‘yinlari savdosi 2021 yilda 180 milliard dollarni tashkil qildi

Kompyuter o‘yinlari savdosi 2021 yilda 180 milliard dollarni tashkil qildi
2021 yilda dunyoda kompyuter o‘yinlariga jami 180 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Bu haqda Newzoo marketing kompaniyasining kompyuter o‘yinlari savdosi haqidagi hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuter o‘yinlari bozorining umumiy tushumi 180,3 mlrd dollarga yetgan va bu qiymat 2020 yildagiga nisbatan 1,4 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.

Shuningdek, dunyoda 3 mlrddan ko‘proq odam kompyuter o‘yinlari ixlosmandi ekani aniqlangan.

Mobil gadjetlar – planshetlar va smartfonlar uchun mo‘ljallangan o‘yinlar eng katta daromad keltirgan. Ularga umumiy hisobda 93,2 mlrd dollar sarflangan va bu 2020 yildagiga nisbatan 7,3 foiz ko‘proqdir.

Umuman olganda, planshetlardagi o‘yinlar savdosidan 11,7 mlrd dollar, smartfonlar - 81,5 mlrd dollar, o‘yin konsollari - 50,4 mlrd dollar, shaxsiy kompyuterlar - 36,7 mlrd dollar, brauzer o‘yinlari - 2,6 mlrd dollar, qutidagi o‘yinlar va ularning raqamli nusxalari savdosidan 34,1 mlrd dollar olingan.

Bundan tashqari, joriy yilda bulutli o‘yinlar servislari bozori daromadlari ham oshgan va 1,57 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Kibersport yil davomida bir mlrd dollar daromad keltirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kompyuter o‘yinlari savdosi 2021 yilda 180 milliard dollarni tashkil qildi