Xitoylik olimlar sun’iy intellekt yordamida 97 foiz aniqlik bilan ishlaydigan raqamli prokurorni yaratdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi.
Yangi texnologiya allaqachon Shanxaydagi Pudong tumani xalq prokuraturasida sinovdan o‘tkazilgan. Olimlar ixtirosi prokurorlar zimmasiga tushadigan kundalik yukni kamaytirib, yanada murakkab ishlarga e’tibor qaratish imkonini beradi deya ishonishmoqda.
Ularning fikricha, qurilma qaror qabul qilish jarayonida ma’lum darajada prokurorlarni o‘rnini bosa oladi.
Sun’iy intellekt 2015 yildan 2020 yilgacha ko‘rib chiqilgan 17 mingdan ortiq ish asosida o‘qitilgan. Raqamli prokurorning ayblov xulosasi ish tavsifini tahlil qilish paytida uning tizimi tan oladigan minglab xususiyatlarga asoslanadi.
Sun’iy intellekt allaqachon Shanxayda eng ko‘p uchraydigan sakkizta jinoyat uchun ayblov qo‘yishi mumkin. Ushbu ro‘yxatga kredit kartalaridagi firibgarlik, qimor o‘yinlari, avtomobilni xavfli boshqarish, qasddan jarohat etkazish, xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish, o‘g‘irlik, firibgarlik va «bezorilik va muammo keltirib chiqarish» kiradi.
Kelajakda raqamli prokuror kam miqdorda kuzatilgan jinoyatlar uchun ham ayblovlar chiqarishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi