Foto: «Vesti»
Xabarlarga ko‘ra, «Apple» kompaniyasi 2022 yilning sentyabrida taqdim etadigan navbatdagi ayfon (iPhone 14)ga odatiy SIM-kartani o‘rnatish mumkin emas — qurilma uyali tarmoqlarga eSIM texnologiyasi vositasida ulanadi. Bu o‘zgarish kamida AQSH bozorini qamrab oladi.
«MacRumors» kompaniyadagi nomi oshkor qilinmagan manbasiga asoslanib yozishicha, «Apple» AQSHdagi yirik mobil aloqa operatorlarini smartfonda ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilgan.
Manba nashrga taqdim etgan hujjat nusxasida jismoniy SIM-kartalardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rish haqida gap boradi. Ammo unda aynan «Apple» va uning smartfonlari nomlari keltirilmagan. «Apple» o‘z smartfonlaridan SIM-slotni olib tashlashi haqida yaqinda Braziliyaning «Blog do iPhone» texnoblogida ham xabar chiqqandi. Biroq unda 2023 yil haqida gap bor.
Oxirgi chiqarilgan iPhone 13 mohiyatan uch sim-kartali: bitta jismoniy SIM-karta bilan bir paytning o‘zida ikkita virtual eSIM-kartani ishlatish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi