
Foto: «Ferra»
«Norton» antivirus kompaniyasi mayning dasturlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanishi fosh bo‘ldi. Kompaniyaning «Norton 360» antivirus paketi tarkibida kriptovalyutalar mayningi uchun mo‘ljallangan va o‘chirib tashlash qiyin «Norton Crypto» dasturi bor.
Kompaniya mayning vositasini o‘tgan yil iyunida taqdim etgandi. U qoldiq hisoblash quvvatidan Ethereum (kriptovalyuta) undirishda foydalaniluvchi oddiy vosita sifatida ilgari surilgandi. Ushbu funksiya faqat juda kuchli videokartalar bilan ishlaydi.
Albatta, «Norton» olingan kriptovalyutadan 15 foiz komissiya ishlab oladi, qolaversa, mijozlarining kriptohamyonlarini to‘liq nazorat qiladi. Ushbu funksiya ko‘plab foydalanuvchilarning hafsalasini pir qildi. Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislardan biri buni «brend uchun jirkanch, qo‘pol holat va o‘z boshiga yetish», deya baholadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar