date

O‘zbekistonda UMS’ning 230 ta dilerlik markazlari ochilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda UMS’ning 230 ta dilerlik markazlari ochilgani ma’lum qilindi

2014 yil 1 dekabrdan UMS mobil aloqa operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab 20 dan ortiq o‘z ofislari hamda 230 ta dilerlik markazlarida abonentlarni qabul qila boshladi, deyiladi Rossiyaning «MTS» kompaniyasi press-relizida.
«Biz O‘zbekistonda «MTS» va o‘zbekistonlik hamkorlarimiz ishtirokida yangi tashkil qilingan qo‘shma uyali aloqa operatori faoliyati boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Qo‘shma korxona faoliyatining birinchi kunidan boshlab yuqori sifatli ovozli xizmatlar va UMTS standartidagi tezkor mobil internetni taqdim etadi. Chunki kompaniya hozirning o‘zida sezilarli resurslar hamda O‘zbekistonda aholi yashaydigan hududlarning 90 foizini qamrab oluvchi signal tarqatish imkoniyatiga ega», − dedi UMS direktorlar kengashi raisi, «MTS» guruhi vise-prezidenti Andrey Smelkov.

Shuningdek, UMS 2014 yil 1 dekabrdan «Start», «Maksi», «Absolyut», Corp, Corp VIP tariflarini taqdim etishi va Toshkent shahrida 3G texnologiyasi asosida sifatli ovozli aloqa − HD Voice xizmatini ishga tushirishi qayd etilgan.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda UMS’ning 230 ta dilerlik markazlari ochilgani ma’lum qilindi