1 296
1hls.uz platformasi orqali har hafta yutuqli o‘yinlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Turizm va sport vazirligi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi orqali yutuqli o‘yinlar o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, aholi o‘rtasida «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi orqali har hafta yakuni bo‘yicha platforma foydalanuvchilari o‘rtasida quyidagi toifalardagi sovrinlarni nazarda tutuvchi yutuqli o‘yinlar o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullanishi mumkin:
1-toifa — platforma foydalanuvchilari o‘rtasida velosiped (miqdori 1000 donagacha) mukofoti bilan taqdirlash;
2-toifa — platforma foydalanuvchilari o‘rtasida 100 mln so‘m (miqdori 1 dona) pul mukofoti bilan taqdirlash.
Hujjatga muvofiq, 2022 yilning 1—15 yanvarigacha (15 yanvarni ham qo‘shgan holda) platforma orqali hisoblangan to‘lovlar Turizm va sport vazirligining davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Platforma faoliyatini tashkil etish va uning doirasida yutuqli o‘yinlarni o‘tkazish maqsadida shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
- Turizm va sport vazirligi – platformani aholi orasida yanada ommalashtirish, yutuqli o‘yinlar o‘tkazilishi, g‘oliblarni aniqlanishi va sovrindorlarga taqdim etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek, o‘tkazilgan o‘yinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va oshkoraligini ta’minlanishiga;
- Turizm va sport vazirligi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK – platforma doirasida yutuqli o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yutuqli o‘yin g‘oliblariga qimmatbaho sovrinlar xarid qilish hamda sovrindorlarga taqdim qilishga;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – platformani doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash, saqlash va uni texnik takomillashtirib borish, yutuqli o‘yin g‘oliblarini aniqlash maqsadida tasodifiy sonlar generatori-elektron dasturni ishlab chiqish hamda Call-markaz faoliyatini tashkil qilishga;
- «Kiberxavfsizlik markazi» DUK – platformaning texnik va dasturiy vositalarini axborot xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan sertifikatsiya ishlarini hamda texnik topshiriq va axborot tizimini ekspertizadan o‘tkazishni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirib borishga;
- Sog‘likni saqlash vazirligi – platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokaloriyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘yin g‘oliblari haqiqatda ko‘rsatilgan masofani antropometrik ko‘rsatkichlariga mos kelishi va uning salomatligiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida xulosalar hamda platformada aholini doimiy piyoda yurish natijasida ularning salomatligiga ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni ommaga taqdim qilib borishga mas’ul hisoblanadi.
Belgilanishicha, platforma 2022 yil 15 martdan test rejimda ishlaydi hamda 2022 yil 4 apreldan boshlab to‘liq ishga tushiriladi va har hafta yakuni bo‘yicha yutuqli o‘yinlar o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Turizm va sport vazirligi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUKning ijtimoiy reklamali va boshqa axborotni bepul translyatsiya qilinishi hamda keng yoritilishini, shuningdek, yutuqli o‘yin faoliyati bilan bog‘liq lavhalar uchun translyatsiya qilish 50 foizgacha miqdorida imtiyoz berish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 30 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning «Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, aholi orasida kunlik yurish va yugurishni ommalashtirish maqsadida «Sog‘lom turmush tarzi» — «1hls.uz» platformasi yaratilishi va 2021 yilning 1 mart sanasidan boshlab ishga tushirilishi belgilangan. Biroq platforma 2021 yilning iyun oyida test rejimida amaliyotga tatbiq etilgan. 2022 yil 16 yanvardan boshlab esa 3 ming so‘m pul mablag‘ berish tizimi to‘xtatildi.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar va jamoatchilik takliflariga asosan, aholini yanada ko‘proq kunlik yurish va yugurishga jalb qilish maqsadida rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirish, 3 ming so‘m o‘rniga kattaroq sovrinlar qo‘yish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan. Shunga ko‘ra, «1hls.uz» platformasi orqali qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?