
Foto: Unsplash
28 mart kuni Rossiyada avvalroq bloklangan Instagram’ning Rossgram nomli mahalliy analogi ishga tushiriladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda xabar berildi.
Uning mualliflari Pavel Durovning sinfdoshi Aleksandr Zobov va tadbirkor Kirill Filimonov bo‘ldi. Rossgram’ga oddiy foydalanuvchilar 2022 yil aprel oyida kirishlari mumkin.
Mualliflarning ta’kidlashicha, Rossgram qo‘shimcha monetizatsiya vositalarini taqdim etadi. Xususan, kontentga pullik kirish, kraudfanding (mablag‘ yig‘ish), referal dastur va boshqalar qo‘shiladi.
Rossgram Instagram’dagi barcha odatiy funksiyalarga ega bo‘ladi. Hozirda mualliflar blogerlar va hamkorlarga ba’zi imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqning birinchi foydalanuvchilari bo‘lishni taklif qilmoqda.
14 mart kuni Roskomnadzor Rossiyada Instagram’ni blokladi. Bunga Meta kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlaringizda rossiyaliklarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga chaqiruvchi postlarni vaqtincha joylashtirish imkonini beruvchi qarori sabab bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar