Foto: Fotolia
HUMO kartalaridagi mablag‘larning ikki marotaba yechib olinishi va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar sabab to‘lov tizimi o‘z terminallari va to‘lov ilovalarining ishini vaqtincha to‘xtatdi. HUMO to‘lov sisitemasi o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«Bugun, 5 aprel kuni, soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO protsessingiga ulashda qisqa muddatli qiyinchiliklar yuzaga keldi. Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operatsiyalar qayta tiklandi.
Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablag‘larning ikki marotaba yechib olinishi va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar kuzatildi. Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari to‘liq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar kompaniya o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
MBPM yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMO’ning boshqa barcha xizmatlari to‘liq hajmda ishlay boshlaydi», deyiladi rasmiy bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi