
Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotchilari tomonidan qo‘l barmoqlari o‘rnini bosuvchi noyob protez yaratildi.
3D-printer yordamida yasalgan mazkur qurilma yuzasi sun’iy teri bilan qoplangan. U inson barmoqlariga xos barcha funksiyalarni bajarishga qodir. Qolaversa, tashqi ta’sirlar, masalan, issiq va sovuqni, og‘riqni his qilish qobiliyatiga ega.
Buning uchun protez inson barmoqlari uchidagi turli nerv tolalari singari miyaga signallar jo‘natadagan maxsus mitti sensorlar bilan jihozlangan.
Olimlar haqiqiy taktil neyronlar faoliyatiga juda o‘xshash ushbu sun’iy nerv signallari hosil qilinishini katta voqelik, deb hisoblamoqda.
Qolaversa, tajribalar davomida protez barmoqlar qoplamalarini xuddi inson terisi bilan bir xil ko‘rinishda yasashga muvaffaq bo‘lindi.
Mutaxassislar fikricha, bu kashfiyot kelajakda robotlar qo‘llarini yaratishda ham foydali bo‘lishi mumkin. Chunki mazkur protezlar kichik va nozik detallar bilan ishlash imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar