Foto: FAZ
2021 yili Yevropa Ittifoqining bir qator yuqori martabali mulozimlari Isroilning NSO Group firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan josuslik dasturi orqali kuzatilgan. Bu haqda Reuters agentligi surishtiruvlarida so‘z boradi.
Noqonuniy ravishda kuzatuvga olingan arboblar orasida Yevropa Ittifoqining adliya va qonun ustuvorligi bo‘yicha komissari Dide Reynders ham bor. Josuslik dasturi, shuningdek, Yevropa komissiyasining kamida 4 nafar yuqori martabali mulozimi gadjetida aniqlangan.
Amaldorlarning smartfonlariga josuslik dasturi yo‘llangani Apple korporatsiyasi ogohlantirishidan keyin ma’lum bo‘lgan. Yevropalik amaldorlar faoliyati qaysi davlat yoki tashkilot tomonidan noqonuniy ravishda kuzatilgani ochiqlanmagan.
2021 yil iyul oyida e’lon qilingan jurnalist surishtiruvida NSO Group firmasining Pegasus dasturi Osiyo va Afrikadagi bir qator davlatlar maxsus xizmati tomonidan muxolif siyosatchilar, jurnalistlar va inson huquqlari faollariga qarshi ayg‘oqchilik maqsadida ishlatilgani ma’lum qilingan edi. Ehtimoliy inson huquqlari buzilishi bois AQSH rasmiy idoralari shirkatni qora ro‘yxatga kiritdi. Yevrokomissiya raisining o‘rinbosari Vera Yourova Isroil josus dasturini Yevropada taqiqlash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Pegasus ayg‘oqchi dasturi messenjer yoki elekron pochta orqali qurilmaga o‘rnashadi, so‘ng telefon so‘zlashuvlarini yozib oladi, yozishmalarni kuzatadi, GPS ma’lumotlariga ega chiqib, gadjet egasining qayerda yurganidan boxabar bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi