
Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi akkumulyator sigʻimi 6000 mA/soatga teng boʻlgan yangi Redmi 10 Power smartfonini 195 dollar qiymatida sotuvga chiqardi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yangi smartfon HD+ sifatni qoʻllab-quvvatlaydigan va 60 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,71 dyuymli ulkan IPS-displey bilan jihozlangan. Ekranni himoyalashda Gorilla Glass 3 shishasidan foydalanilgan.
Smartfon ichidan Snapdragon 680 protsessori, 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira oʻrin olgan, akkumulyator sigʻimi 6000 mA/soatni tashkil etadi. Qurilma 18 vattli tezkor quvvatlanish funktsiyasiga ega.
Kameralari — 5 megapikselli frontal va 50 megapikselli asosiy datchik. Uning yonida chuqurlikni oʻlchashga moʻljallangan 2 megapikselli datchik oʻrin olgan. Barmoq izi skaneri ham kamera moduli yonida joylashgan.
Yangi apparatning narxi 195 dollarni tashkil etadi. Hindistonda smartfon qora va toʻq sariq rangda taklif etilmoqda.
Bundan oldin Xiaomi 4K sifatga ega egilgan ekran va oʻziga xos koʻz skaneri bilan jihozlangan smartfonni tayyorlayotgani, Xiaomi Civi — kompaniyaning eng ingichka smartfoni taqdim etilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar