Qon bosimining keskin pasayishi buyrak yetishmovchiligi, miya tomirlarida qon aylanishining buzilishi, yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin. Bu haqda rossiyalik shifokor Yevgeniya Ivanova «Praym» portali bilan suhbatda ma’lum qilgan.
Surunkali arterial gipotenziya bilan odam past bosimni sezmasligi mumkin, bu holat hayot va sog‘liqqa tahdid solmaydi, ammo bosimning birdan keskin pasayishi xavfli belgidir.
«Qon bosimining pasayishi miya tomirlarining qon bilan ta’minlanishini buzadi, ba’zi hollarda angina pektoris, ishemik insult, buyrak yetishmovchiligi kabi kasalliklarni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin», deydi mutaxassis.
Bosimning keskin pasayishi avvaldan rivojlanib kelgan miokard infarkti va o‘pka emboliyasi kabi kasalliklardan darak berishi mumkin. Bu vaziyatda tez yordam chaqirish va shirin issiq choy yoki qahva ichish yaxshiroqdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas