Foto: Pinterest
Yog‘li sochlar shampunda yuvilgandan keyin bir necha soat o‘tgach, yana avvalgi holiga keladi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun to‘rtta muhim qoidaga amal qilish kerak, deb yozadi «Radiokp.ru».
Birinchidan, sochni tez-tez yuvish tavsiya etilmaydi. Sartarosh Pol Persivalning ta’kidlashicha, bu muammoni yanada kuchaytiradi. «Agar soch har kuni yuvilsa, bosh terisi ko‘proq yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Natijada har kuni sochni yuvish kerak, degan tuyg‘u qamrab oladi», — deydi Pol Persival.
Biroq bu muammoni hal etish mumkin. Sochlarni yuvish sonini asta-sekin kamaytirishni boshlash kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan quruq shampundan foydalanish mumkin.
Ortiqcha yog‘, ter va kirni yo‘qotish uchun uni ildiz maydoniga surtish tavsiya etiladi. «Agar bosh terisi ta’sirchan bo‘lsa, sochga avval uni taroq bilan surtib ko‘rish kerak», — deb maslahat beradi rangshunos Dominik Rouch.
Yana bir qoida shundaki, bu sochni parvarish qilish vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq. Ular nafaqat sochni og‘irlashtiradi, balki yog‘li ham qiladi. Pol Persival silikon va sulfatlardan uzoqroq turishga chaqiradi.
«Sochlarni yuvishdan keyin ularni sovuq suv bilan chaying — bu bosh terisiga yordam beradi va qon oqimini tartibga soladi», — deb qo‘shimcha qiladi sartarosh.
Mutaxassislar sochlarga teginishni ham bir ovozdan taqiqlaydi. Ular, shuningdek, boshga turli xil aksessuar va ko‘zoynaklar taqishdan qaytaradi, chunki ular ham sochni yog‘li bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, qo‘llar o‘rniga taroqdan foydalanishni tavsiya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi