18:42 / 18.05.2022
1 105

Parhezshunos qanday choy qonda shakarni kamaytirishini aytdi

Parhezshunos qanday choy qonda shakarni kamaytirishini aytdi
Parhezshunos Pokiza Gizam Oqgulning aytishicha, ko‘k choy immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimi va uning tarkibidagi shakar miqdorini me’yorlashtiradi, saratondan himoya qiladi va semizlikning oldini oladi. Bu haqida Turkiyaning Sabah nashri xabar berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir o‘simlikdan qora va yashil choy tayyorlanishiga qaramay, mahsulotlar qayta ishlash texnologiyasida farqlanadi. Xususan, yashil choy polifenollarga, B1 va B2 vitaminlariga boy, shuningdek, 10 barobar ko‘proq S vitaminiga ega. Bundan tashqari, yashil choyda stressni yo‘qotuvchi teanin moddasi mavjud.

Parhezshunos bir kunda uch chashkadan ortiq choy ichishni tavsiya qilmaydi. Ayniqsa, qandli diabet, yurak-qon tomir, buyrak kasalliklari, hamda qalqonsimon bezda muammolari bor odamlarga ko‘k choyni shifokor maslahati bilan iste’mol qilishni tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Parhezshunos qanday choy qonda shakarni kamaytirishini aytdi