11:50 / 20.05.2022
1 050

Qulupnayning onkologik kasalliklardagi foydasi ma’lum qilindi

Qulupnayning onkologik kasalliklardagi foydasi ma’lum qilindi
Yangi uzilgan rezavorlar tanani saraton kasalligidan himoya qiladigan va yallig‘lanishni kamaytiradigan moddalarga ega bo‘ladi. Bu haqda rossiyalik diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ma’lumot bergan.

Mutaxassisning fikricha, yangi uzilgan qulupnay tarkibidagi askorbin kislotaning yuqori miqdori kversetin bilan birgalikda qon tomirlarining holatini barqarorlashtiradi, qon mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Meva, shuningdek, tanadagi yallig‘lanish jarayonlariga faol qarshilik ko‘rsatadigan va hujayra mutatsiyasi xavfini kamaytiradigan flavonoidlarga boy.

«Qulupnay tarkibida galik kislota bor, u onkologik kasalliklarga qarshi ta’sirga ega. Qulupnayni muntazam iste’mol qilish bilan saratonning birlamchi oldini olish sodir bo‘ladi va bu turli xil onkologik kasalliklarga ham foydali bo‘ladi», dedi Ginzburg.

Diyetolog qulupnaydan iste’mol qilgandan keyin tishlarni yuvishni maslahat bergan. Chunki uning tarkibida emalni yo‘q qiladigan va kariyes paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan organik kislotalar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qulupnayning onkologik kasalliklardagi foydasi ma’lum qilindi