Foto: «Lisa.ru»
Mikroelementlarning yetishmasligi soch to‘kilishi hamda boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. «Lisa.ru» nashri organizm uchun zarur bo‘lgan sinkka boy mahsulotlar ro‘yxatini havola etdi.
Ushbu mikroelement organizmdagi metabolik jarayonlarda ajralmas hisoblanadi. Insonning asosiy biokimyoviy funksiyalarida temirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ammo bu modda organizmni ter bilan tark etganligi sababli zaxiralarni doimiy ravishda to‘ldirish uchun qanday oziq-ovqatlar iste’mol qilish kerakligini bilib qo‘yish lozim.
Sinkning sog‘liq uchun 5 ta foydasi
1. Fermentlar ishini yaxshilaydi. Immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashini ta’minlashdan erkin radikallarga qarshi kurashishgacha.
2. Yaxshi antidepressant. U asab hujayralarining shakllanishida ishtirok etadi, diqqatni oshiradi, asabiylikni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi. Mineral asab tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan miya neyrotrofik omili deb ataladigan oqsilni tartibga soladi. Uning yetishmasligi bu proteinni kamaytirishi mumkin va bu kognitiv funksiyalarning buzilishiga olib keladi.
3. Go‘zallik va yoshlik manbai. Teri va sochlar uchun sink elementining yetishmasligi ularning zaiflashishiga olib keladi. Shuningdek, teridagi regeneratsiya jarayonlarining pasayishiga sabab bo‘ladi, uning elastikligini pasaytiradi, quritib yuboradi. Tirnoqlar mo‘rt bo‘lib qoladi. Umuman olganda, hamma narsa noto‘g‘ri ishlay boshlaydi.
4. Bu gormonlar muvozanatiga ta’sir qiladi, shuning uchun uning oz miqdorda yetishmasligi ham bepushtlik yoki diabet xavfini oshiradi. Sink balog‘atga yetish jarayonlarida ishtirok etadi, o‘sish uchun javobgardir. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, sink yetishmovchiligi normal o‘sishga to‘sqinlik qiladi va infetsiyalarga qarshilikni zaiflashtiradi.
5. Jigardan teri hujayralariga A vitamini yetkazib beradi, bu yaxshi ko‘rish, chiroyli teri va yorqin sochlar uchun muhim rol o‘ynaydi.
Sink metabolizmdagi asosiy mikroelementlardan biridir. U 100 dan ortiq fermentlarning ishlashi uchun zarur. Noto‘g‘ri ovqatlanish, alkogolizm, yallig‘lanishli ichak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sink yetishmasligi xavfi ortadi. Kamchilik belgilari orasida o‘sishdan ortda qolish, diareya, soch to‘kilishi, tilning shilliq qavatining yallig‘lanishi, tirnoq sinishi va immunitetning pasayishi kiradi.
Qaysi mahsulotlar sinkni o‘z ichiga oladi?
Tavsiya etilgan kunlik miqdor 15 mg ni tashkil qiladi. Buni to‘ldirish oson, chunki mineral mahsulotlar tarkibida juda keng tarqalgan. Ko‘pincha oqsilli ovqatlar, dengiz mahsulotlari va sut mahsulotlarida mavjud. Quyida ushbu elementga boy mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan.
Ustritsa — 60 mg
Ustritsa oqsilni ham o‘z ichiga oladi, ular bilan kunlik oqsil talabi osongina to‘ldiriladi. Shu bilan birga, u past kaloriya hisoblanadi — o‘nlab ustritsada atigi 200 kkal mavjud.
Bug‘doy — 15 mg
Bir hovuch bug‘doy kunlik me’yorni to‘liq qoplaydi va hatto biroz oshadi ham. Tabiiy kelib chiqishi va tarkibi tufayli mahsulot oson hazm bo‘ladi. Bug‘doyda, shuningdek, xolesterin kamaytiradigan antioksidant bo‘lgan oktakosanol fermenti ham mavjud.
Mol jigari — 16 mg
Mol jigari eng foydali mahsulotlardan biridir. U deyarli har bir kishining ratsioniga kiritilishi mumkin. Jigar ko‘pincha parhezda iste’mol qilinadi, chunki u ko‘plab vitamin va minerallarni o‘z ichiga oladi. Vaznga rioya qilganlar uchun yana bir past kaloriyali mahsulot.
Qovoq urug‘lari — 7,4 mg
Qovoq urug‘lari deyarli ta’mga ega emas va ularni butun yil davomida iste’mol qilish mumkin. Ular nafaqat to‘yimli, balki foydalidir. Urug‘ tarkibining 50 foizini sog‘lom yog‘, qolgan 50 foizi oqsil va kletchatkalar o‘rtasida taqsimlanadi. Ayniqsa, qovoq urug‘lari soch to‘kilishi, husnbuzar, ta’m sezuvchanligining pasayishi bilan og‘riganlar uchun foydalidir.
Kunjut — 7,8 mg
Kunjut urug‘lari tarkibidagi kalsiy, temir va fosfor suyak zichligi uchun zarurdir. Kunjut tarkibida ikkita noyob moddalar mavjud: sesamin va sesamolin. Ular xolesterinni, yuqori qon bosimini pasaytiradi, jigarda oksidlovchi stressni bartaraf etadi.
Qarag‘ay yong‘og‘i — 6,5 mg
Yong‘oq tarkibida sog‘lom yog‘, oqsil, kletchatka mavjud. Qarag‘ay yong‘oqlari teri va soch muammolarini hal qiladi, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, asab tizimi va oshqozon-ichak traktiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ammo esda tutish kerak: qarag‘ay yong‘oqlari kaloriyalarda yuqori, shuning uchun ularni kundalik ratsionga ehtiyotkorlik bilan qo‘shish lozim.
Shveysariya pishlog‘i — 5 mg
Yuqori kaloriya tarkibiga qaramasdan, nonushta uchun qattiq pishloq bo‘lagi ertalab zahirani to‘ldirishning yaxshi usuli hisoblanadi. Mahsulot kalsiy manbai bo‘lib, bu ayniqsa intensiv mashg‘ulotlar paytida zarurdir. Shu bilan birga, pishloq oqsili eng oson hazm bo‘ladiganlardan biridir.
Zig‘ir urug‘lari — 4,34 mg
Zig‘ir urug‘lari ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini me’yorlashtiradi va o‘t pufagi va jigar kasalliklarini oldini olish uchun ishlatiladi. Ayollar salomatligi uchun juda foydali, chunki ular tarkibida fitoestrogenlar — ayol gormonlarining analoglari mavjud. Muntazam foydalanish menopauzaning salbiy alomatlarini yengillashtiradi.
Tuxum sarig‘i — 3,21 mg
Tuxum sarig‘i tarkibida A, D vitaminlari, foliy kislotasi, kaliy, foydali omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Ushbu mahsulot tarkibidagi litsetin asab hujayralarini, inson miyasini oziqlantiradi va ko‘rish keskinligini oshiradi. Shu bilan birga, tuxum sarig‘i xolesterini to‘yingan yog‘larga tegishli emas, shuning uchun u oson hazm qilinadi.
Loviya — 3,21 mg
Uglevod almashinuvini me’yorga keltiradi, asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
No‘xat — 2,5 mg
No‘xatda mavjud bo‘lgan sink va A vitamini birgalikda ko‘z salomatligi uchun foydalidir. Bu kombinatsiya ko‘rish keskinligini yaxshilaydi, katarakt rivojlanishining oldini oladi. Shuningdek, u sog‘lom yog‘lar, oqsil va uglevodlarga boy.
Mol go‘shti — 3,24 mg
Mol go‘shti ovqatlanish va foyda jihatidan qimmatli mahsulotdir. Uzoq vaqt davomida yetarlicha va energiya olish uchun bir necha gramm iste’mol qilish kifoya. Bundan tashqari, mol go‘shti tabiiy mikroflorani tiklaydi, me’da shirasining xlorid kislotasini neytrallaydi. Mol go‘shti meva, sabzavotlar, donlarga qaraganda tezroq hazm qilinadi.
Bodom — 3,24 mg
Bu yong‘oq immunitet va reproduktiv funksiyalarni mustahkamlaydi, o‘pka kasalliklari uchun foydalidir, astma, ichakdagi yaralar uchun ishlatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda