15:30 / 24.05.2022
2 598

Chivin aynan sizni chaqishiga sabab bo‘ladigan holatlar

Chivin aynan sizni chaqishiga sabab bo‘ladigan holatlar
Foto: Pinterest
Aytishlaricha, chivinlar «shirinlik»ni yaxshi ko‘rar ekan. Ammo aslida insonda ushbu qon so‘ruvchilarni o‘ziga tortadigan yana ko‘plab omillar mavjud. «Lisa.ru» nashri ular haqida batafsil ma’lumot berdi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida shunisi aniq bo‘ldiki, odamlarning 20 foizga yaqini chivinlar hujumiga ko‘proq duch keladi. Bu, albatta, 80 foizi butunlay bunday mussno degani emas. Ammo ochiq havoda dam olgandan so‘ng muntazam ravishda uyga nafaqat ijobiy his-tuyg‘ularni, balki qizargan, shishgan qo‘l va oyoqlar bilan qaytadiganlarga ushbu ro‘yxat bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ehtimol, shundagina biror o‘zgarish yuz berishi mumkin.

Kiyimlar
Chivinlar o‘ljasini nishonga olish uchun ko‘zlaridan unumli foydalanadi. Ularning o‘tkir ko‘zlari hatto qorong‘ida ham (to‘q rangdagi kiyimlarni — qora, ko‘k, to‘q yashil, kul rang) bu vazifani uddalaydi. Ammo och rangli kiyimlarni unchalik yoqtirmaydi, shuning uchun ham ularni ko‘proq sotib olish kerak. Ammo ehtiyot bo‘lish lozim: oq rang ko‘proq xavfli kanalarni o‘ziga tortadi. Demak, bu borada oltin o‘rtalikn topish muhim.

Qon guruhi
Insonni faqatgina urg‘ochi chivinlar chaqishini bilasizmi? Aynan ular tuxum qo‘yish uchun inson qonining oqsiliga muhtoj, erkaklar esa nektar shaklida o‘t-o‘lanlardan oziqlanadi. Urg‘ochilarning ayrim qon guruhlarini boshqalarga qaraganda ko‘proq yoqtirishi haqida dalillar mavjud. Shu bilan birga, chivinlar ham turiga qarab har xil qon guruhlarini yoqtirar ekan. Mavjud ma’lumotlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, birinchi qon guruhiga ega bo‘lgan odamlar universal donorlar va to‘rtinchi guruhlar — universal qabul qiluvchilar uchun chivin ko‘proq muammo tug‘diradi. Ammo chivinlar uchun rezus-faktor omili muhim emas.

Karbonat angidrid
Har bir inson kisloroddan nafas oladi va karbonat angidridni chiqaradi. Ammo o‘pkaning hajmiga va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab, bu nafas chiqarish oddiy yoki kuchli bo‘lishi mumkin. Chivinlar karbonat angidridni sezilarli masofadan — 5 metrdan 15 metrgacha sezishi mumkin. Nafas chiqarish qanchalik kuchli bo‘lsa, uchuvchi hasharotlar uchun kerakli suyuqlik joyini aniqlash osonroq bo‘ladi. Aytgancha, karbonat angidrid nafas chiqarishda bosh atrofida to‘planganligi sababli, chivinlar odatda quloqning tepasida aylanadi.

Ter
Shuningdek, chivinlar inson teri bezlari tomonidan chiqariladigan sut kislotasini hidini olishi mumkin. Shuning uchun, agar prinsipial jihatdan ko‘p terlasangiz, tashqari juda issiq bo‘lsa va terlamaslikning mutlaqo imkoni bo‘lmasa yoki sport bilan shug‘ullansangiz, chivinlar siz uchun muammoga aylanadi.

Teri bakteriyalari
Inson terisida, ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab bakteriyalar yashaydi. Ulardan ba’zilari foydali, boshqalari potensial xavflidir. Ular birgalikda terini viruslardan himoyalanishiga, namlikni saqlab turishiga va kerak bo‘lganda tezroq shifo topishiga imkon beradi. Ammo, ular ter bilan aralashganda, chivinlar uchun o‘ziga xos lazzatli suyuqlikni hosil qiladi.

Homiladorlik
Ma’lum bo‘lishicha, homiladorlik organizmning bir holati sifatida chivinlarni o‘ziga tortadi. Bundan tashqari, farzand kutayotgan onalar ham qon so‘ruvchilar e’tiborini boshqalarga nisbatan ikki barobar jalb etadi. Olimlarning fikricha, birinchidan bu yerda karbonat angidrid rol o‘ynaydi. Shuningdek, homilador ayollar boshqalarga nisbatan 21 foizga ko‘proq nafas chiqaradi.

Tana vazni
Vazni og‘ir qizlar chivinlar uchun ayni muddao. Tana vazni qanchalik og‘ir bo‘lsa, karbonat angidrid shuncha ko‘p yutiladi va organizm o‘zidan ko‘proq issiqlik chiqaradi. Shuning uchun imkon qadar vaznning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda qon so‘ruvchilarning o‘ljasiga aylanish hech gap emas.

Irsiyat
Egizaklar ustida olib borilgan qiziqarli tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, chivinlar DNKning ba’zi xususiyatlariga ham qiziqishi mumkin. Tajribalarda, agar egizaklardan biri qon so‘ruvchilar tomonidan «hujum»ga uchragan bo‘lsa, ular kiyim yoki terlash kabi boshqa omillarga e’tibor bermasdan, ikkinchisini ham chaqadi. Xuddi shu tarzda, agar chivinlar egizaklardan biriga shartli ravishda befarq bo‘lsa, ikkinchisida ham chivinlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi.

Atir
Bir necha yil oldin olimlar qaysi kimyoviy preparatlar chivinlarga qarshi eng yaxshi ta’sirga ekanini aniqlashga qaror qildi. Tajribaga mashhur mahsulot Victoria’s Secret’dan Bombshell atiri qo‘shildi. Lekin atirlar barcha taklif qilingan mahsulotlarning ichida eng kuchsizi ekanini isbotladi. Sehr, tasodifmi yoki kompozitsion xususiyatlarmi? Fan bu borada jim. Umuman olganda, nafaqat chivinlar, balki hasharotlar ham gullar iforiga juda faol munosabatda bo‘ladi. O‘zingizni ulardan himoya qilish uchun atir sepmasdan tashqariga chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Pivo
Olimlar pivo boshqa spirtli ichimliklarga qaraganda chivinlarni ko‘proq jalb qilishini isbotladi. Buning siri nimada ekanligini bilish uchun fan hali izlanishlar olib bormagan. Shuning uchun spirtli ichimlik yoki pivo ichishni tashlamagan insonlar chivindan himoyalanishning boshqa chorasini ko‘rib qo‘yishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Chivin aynan sizni chaqishiga sabab bo‘ladigan holatlar