1 702
Nima uchun qo‘ltiq osti ko‘p terlaydi? Uni bartaraf etishga yordam beradigan 13 ta layfxak
Foto: Pinterest
Agar qo‘ltiq osti ko‘p terlasa, samarasiz dezodorant haqida shikoyat qilishga shoshilmaslik kerak. «Lisa.ru» nashri aslida buning sababi nimada ekanini ma’lum qildi.
Agar qo‘ltiq osti ko‘p terlasa, bu haqiqiy muammoga aylanadi. Kiyimdagi ter dog‘lari, yoqimsiz hid bir qancha noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zilar nafaqat yozda, balki salqin havoda ham terlaydi.
Terlash tananing muhim funksiyasidir. Ter bilan birga toksinlar va zararli moddalar organizmdan chiqarib tashlanadi. Bu inson tanasining termoregulyatsiyasi uchun zarurdir: issiq havoda uni sovutib, qizib ketishning oldini oladi. Ammo to‘satdan hech qanday sababsiz hidli terlashni boshlash, shifokorga murojaat qilish kerakligining belgisi bo‘lishi mumkin.
Qo‘ltiq osti ko‘p terlashining 6 sababi
Sog‘liqdagi muammolar — qalqonsimon bez kasalliklari, o‘smalar, qandli diabet.
Gipergidroz. U irsiyatdan o‘tadi. Bu holatda doimiy kuchli terlash bolalikdan paydo bo‘lgan muammodir. Bunda hammasi jarrohlik — ter bezlarining faoliyatini to‘xtatish va in’eksiya bilan hal qilinadi.
Ortiqcha vazn. Shuningdek, yomon odatlar — chekish, spirtli ichimliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu holda terning yoqimsiz hidi toksinlarni yo‘q qilishning kuchayishi bilan bog‘liq.
Balog‘at yoshidagi gormonal o‘zgarishlar. Bu vaqtda qizlarda testosteron gormoni ishlab chiqarilishi ustunlik qiladi, bu haddan tashqari ko‘p terlash va terining yog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Gormonal fon yaxshilanishi bilan muammo yo‘qoladi.
Sikldagi o‘zgarishlar. Kuchli terlash siklning turli davrlarida — ovulyatsiya, hayz paytida ayollarga xosdir. Ko‘pincha homiladorlik, emizish va menopauza davrida kuchli terlash kuzatiladi.
Bitta qo‘ltiq boshqasidan ko‘ra ko‘proq terlaydi. Ba’zida bu bir qo‘lga qaratilgan jismoniy zo‘riqish paytida sodir bo‘ladi. Agar bu hodisa doimiy ravishda yuz bersa, sabab yurak kasalligi, nevralgiya, qalqonsimon bezning disfunksiyasi yoki shish tufayli bo‘lishi mumkin.
Antiperspirantlar, go‘zallik muolajalari yoki uy sharoitida davolash bilan tajriba qilishni boshlashdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Faqatgina mutaxassis qo‘ltiq nega ko‘p terlashini va nima qilish kerakligini buyuradi. Agar kuchli terlashning sababi sog‘liq bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, bakteriyalarning ko‘payishini oldini olish uchun gigiyenani diqqat bilan kuzatib borish kerak.
Qo‘ltiq terlamasligi uchun nima qilish kerak?
Tabiiy matolardan tikilgan keng kiyimlar kiyish lozim
Sintetik ko‘ylaklar va bluzkalarda tana odatdagidek nafas ololmaydi. Paxta va zig‘irdan tikilgan kiyimlarda termoregulyatsiya me’yorda bo‘ladi, matoning o‘zi terni shimib oladi va badan quruq bo‘ladi.
To‘q rangdagi kiyimlarni tanlash tavsiya etiladi
E’tibor berganmisiz, sahroda yashaydiganlar doim qora kiyim kiyadi. To‘q ranglar quyosh nurini o‘ziga tortadi va agar kiyim sintetik matodan tikilgan bo‘lsa, qizib ketishga olib kelishi mumkin.
Ochiq rangli kiyimlar nurni o‘zida aks ettiradi va o‘zidan qaytaradi. Ma’lum bo‘lishicha, tana nurdan qutulishga urinib, yanada ko‘proq terlaydi. Shuning uchun ham ter dog‘lari to‘q rangli matolarda kamroq seziladi, yengil kiyimlarda esa ular yoqimsiz sariq rangga aylanadi.
Maxsus antiperspirantdan foydalanish kerak
Do‘konlarda sotiladigan an’anaviy mahsulotlar ortiqcha terlash muammosini tubdan hal qila olmaydi. Bunday holda, dorixona antiperspirantlari yordam beradi. Ular tarkibida alyuminiy tuzlarining yuqori konsentratsiyasi mavjud. Ularni faqat dermatolog tavsiya qilishi mumkin.
Antiperspirantni faqat toza teriga qo‘llash mumkin
Tozalanmagan teriga antiperspirantlarni qo‘llash mumkin emas. Aks holda, qo‘ltiq osti terlashda davom etadi. Bir vositani boshqasining ustiga qo‘llaganda samaradorlik ham kamayadi. Shuning uchun, agar dezodorant ishlatish kerak bo‘lsa, avval dush olish yoki qo‘ltiq osti terisini antibakterial tozalovchi salfetkalar bilan artish, shundan keyingina terga qarshi vositadan foydalanish tavsiya etiladi.
Kechasi terga qarshi vositadan foydalanish lozim
Tunda ter bezlari faoliyati susayadi, ya’ni dezodorantning faol moddalari chiqarish kanallariga chuqurroq kirib boradi va u yerda uzoq vaqt qoladi. Antiperspirantlarda mavjud tuzlar ishlash uchun vaqt talab etadi. Ertalab uyg‘ongandan so‘ng ular faollashadi, hatto dush qabul qilish ham ularga ta’sir o‘tkazmaydi.
Tez-tez dush qabul qilish juda ham muhim
Bakteriyalarning ko‘payishiga imkoniyat qoldirmaslik uchun tez-tez dush qabul qilish kerak. Bundan tashqari, sovuq dush ko‘p terlashni kamaytirish va issiqda tanani sovutishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Terlashni rag‘batlantiradigan oziq-ovqat va ichimliklardan saqlanish kerak
Bularga achchiq hamda qovurilgan taomlar, qahva, gazlangan va spirtli ichimliklar kiradi. Ular issiqlik ishlab chiqarishni va kuchli terlashni qo‘zg‘atadi. Qahva o‘rniga issiqda ko‘k choy ichish kerak, u organizmni tetiklashtiradi.
Ko‘proq suv ichish lozim
Terlashga qarshi kurashda suvdan cheklanish shart emas, bu orqali chiqarilgan ter miqdorini kamaytirishga umid qilish mumkin. Bu nafaqat teskari ta’sirga, balki suvsizlanishga ham olib keladi. Ichish rejimiga rioya qilish, chanqoqdan saqlanish terlanishni kamayishiga sabab bo‘ldi. Faqat gazlangan emas, balki oddiy suv ichish kerak.
Stressga berilmaslik
Ko‘pincha terlash hissiy holat bilan ham bog‘liq bo‘lib, xususan, stress va tashvishlar bunga sabab bo‘ladi. Ulardan imkon boricha saqlanish, dam olish va yetarlicha uxlashga harakat qilish vaziyatni yengillashtirishi mumkin. Qolaversa, kunning issiq vaqtida ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ham stressga sabab bo‘ladi.
Qo‘ltiq ostiga qo‘yiladigan maxsus astar
Qo‘ltiq osti yostiqchalari ham terni bartaraf etishga yordam beradi. Ularning tikilgan yoki kiyimga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga yopishtiriladigan turdagilari mavjud. Shuningdek, ular havo o‘tkazadi va terlashga olib kelmaydi. Ushbu vositalar 20 soatgacha ter dog‘lari haqida qayg‘urmaslik imkonini beradi.
Terga qarshi salfetkalar
Agar tez-tez dush qabul qilish imkoni bo‘lmasa, dezodorizatsiya qiluvchi maxsus salfetkalardan foydalanish mumkin. Ular nafaqat qo‘ltiq ostini, balki orgnizmning kuchli terlashi mumkin bo‘lgan boshqa qismlarini — oyoq, qo‘l, bo‘yinni ham himoya qilish imkonini beradi. Ularni ishlatishdan oldin ter va bakteriyalarni tozalovchi salfetkalar bilan artishni unutmaslik lozim.
Tana vaznini nazorat qilish
Yog‘ qatlami issiqlik chiqishini to‘sib qo‘yadi va tana kuchli terlash orqali o‘zini himoya qiladi. Shuning uchun agar vaznda ortiqcha kilogramm bo‘lsa, ulardan xalos bo‘lishga harakat qilish kerak. Bu nafaqat terlashni kamaytiradi, balki umuman sog‘liq uchun ham foydali. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi