15:55 / 31.05.2022
1 422

Tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

Tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot
Palma yog‘i eng ko‘p iste’mol qilinadigan o‘simlik moyi bo‘lib, uning 72 foizi oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, uni muntazam ravishda iste’mol qilish ko‘plab xavfli kasalliklarga, jumladan, ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘ladi. Marie Claire nashri quyida palma yog‘i qaysi mahsulotlarda tez-tez ishlatilishi haqida ma’lumot beradi (iloji bo‘lsa, bu mahsulotlarni cheklash yoki diyetadan butunlay chiqarib tashlash kerak).

Pechene

Foto: Stock Adobe
Palma yog‘i do‘konda sotiladigan pechene va biskvitlarda yetarlicha miqdorda mavjud. Gap shundaki, u xamir hajmini kamaytirishga yordam beradi va uni yanada qumoq-qumoq va yumshoq qiladi.

Non va bulkalar
Palma yog‘i ko‘pincha shakarsiz pishiriqlarga qo‘shiladi. Bu nonning yumshoqligini ta’minlaydi. Shuning uchun tanlayotganda qattiqroq pishiriqlarga e’tibor bering.

Margarin

Foto: Stock Adobe
Margarin tayyorlashda palma yog‘i har doim qo‘shiladi, chunki u oksidlanishning oldini oladi va margarinning uzoqroq turishiga yordam beradi. Shuning uchun sariyog‘dan foydalangan ma’qul.

Nonushta yormalari
Palma yog‘i ko‘plab nonushta donlarining muntazam tarkibiy qismi bo‘lib, shu yog‘ tufayli ular bir necha oy saqlanishi mumkin.

Shokolad va shokolad pastasi

Foto: Stock Adobe
Shokoladli plitka yoki pasta tanlayotganda tarkibini diqqat bilan o‘qing va iloji bo‘lsa, palma yog‘i qo‘shilgan shirinliklardan saqlaning. To‘g‘ri, kakao yog‘ini o‘z ichiga olgan shokolad chiroyli ko‘rinishi bilan o‘ziga jalb qilmaydi, issiqda ham tezda eriy boshlaydi, ammo palma yog‘iga qaraganda ancha xavfsiz.

Chipslar
Deyarli barcha chipslar palma yog‘ida qovuriladi, chunki u boshqa o‘simlik moylarining arzon alternativi hisoblanadi.

Muzlatilgan ovqatlar
Palma yog‘i ko‘pincha muzlatilgan yarimtayyor mahsulotlarga qo‘shiladi, bu esa konservantlar o‘rnini bosadi.

Muzqaymoq

Foto: Stock Adobe
Palma yog‘i barcha muzqaymoqlarga qo‘shilmaydi. Odatda bu tarkibiy qism faqat arzon shirinliklarda uchraydi, ular sariyog‘ va sut qo‘shilgan muzqaymoqdan juda farq qiladi.

Tez tayyorlanadigan lapsha
Deyarli har qanday tezpishar lapsha paketida, taxminan, 20 foiz palma yog‘i mavjud.

Ko‘pirtirilgan qaymoq
Bunday kremni tayyorlashda palma yog‘i har doim ishlatiladi. Bu ularning shakli va tuzilishini saqlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot