Foto: Elle
Havo harorati ko‘tarilganda muzqaymoq, lakomka yoki mazali italyan jelatosini iste’mol qilish istagi ortadi. To‘g‘ri, shirinlik bir zumda tugaydi, vazn ortishi bilan bog‘liq qarashlar tufayli aybdorlik hissi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Elle nashri muzqaymoq iste’mol qilingach, organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.
Muzqaymoqning foydalari
Muzqaymoq suv yoki sut bilan tayyorlanadi, shuning uchun ta’b, afzalliklar va aql-idrokka muvofiq holda uning qanday turdagisini tanlov qilishni inobatga olish kerak. Birinchisi — sorbetlar, ular 85-90 foiz suvni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi turdagilar qaymoqli bo‘lib, ular qaymoq, sut, yogurt yoki boshqa sut mahsulotlari bilan tayyorlanadi. Foydalarga kelsak, ikkala tur ham taxminan o‘xshash. To‘g‘ri qaymoqli muzqaymoq sorbetdan farqli o‘laroq, yuqori kaloriyaga ega. Bundan tashqari, har qanday shirinlik uni yanada mazali qiladigan qo‘shimcha moddalarni o‘z ichiga oladi va tarkibi hamda energiya qiymatiga ta’sir qiladi. Bu kakao, yong‘oq, meva konsentratlari, ta’m beruvchilar, siroplar bo‘lishi mumkin.
Muzqaymoq ozishga yordam beradimi?
To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilayotgan yoki o‘z ratsionini diqqat bilan kuzatib boradiganlar shuni tushunishlari kerakki, haftada bir marta vaqti-vaqti bilan pistali muzqaymoq iste’mol qilish vaznga ta’sir qilmaydi. Ammo agar kaloriya masalasi o‘ylantirayotgan bo‘lsa, sorbetlardan iste’mol qilish mumkin. Unda palma yog‘i kabi zararli yog‘lar yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim. Ko‘pchilik «shakarsiz» va «yog‘siz» tushunchalarni chalkashtirib yuboradi, ammo vaznni bir xilda ushlab turish uchun qaymoqli muzqaymoqdan voz kechish kerak.
Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar tozalangan shakarni zararsiz steviya bilan almashtirmoqda, bu oddiy shakardan 130 baravar shirinroq, ammo organizm uchun xavfsizdir. Biroq parhezshunoslar orasida steviya o‘zining zararsizligiga qaramay, shakarga bo‘lgan qaramlilikni oshiradi, degan fikr bor. Odatda bu kabi muzqaymoqni iste’mol qilgandan so‘ng, albatta undan yana ham ko‘proq tatib ko‘rish istagi paydo bo‘ladi.
Qanday muzqaymoqlar energiyani oshiradi?
Sorbetlar odatda qaymoqli mahsulotlarga qaraganda ko‘proq shakarni o‘z ichiga oladi. Bu retseptorlar bilan bog‘liq. Ta’mni yaxshilash uchun sutdan ko‘ra suvga ko‘proq glyukoza kerak. Albatta, organizmga shakar ma’lum miqdorda kerak bo‘ladi, chunki u tezda energiya olishga yordam beradi. Shu sababli kayfiyatni ko‘tarish uchun mevali yoki sorbet iste’mol qilish mumkin. Boshqa tomondan, muzqaymoq kalsiy va yog‘da eriydigan vitaminlar manbai bo‘lib, yong‘oq qo‘shimchasi organizmga kletchatka va tabiiy energiya beradi.
Muzqaymoq kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?
Kalsiy va fosfor nafaqat suyak salomatligiga, balki kayfiyatga ham ta’sir qilishi mumkin. Yana bir jihati shundaki, u organizmdagi stress darajasini pasaytiradigan trombotonin gormonini rag‘batlantiradi. Sut tarkibida tabiiy trankvilizator L-triptofan ham mavjud. U asab tizimini tinchlantirishga va uyqusizlikning oldini olishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi