Tiqilib qoldingizmi? O‘zingizga yordam berishingiz uchun qo‘llanma

2 daqiqa o'qish1.5K
Tiqilib qoldingizmi? O‘zingizga yordam berishingiz uchun qo‘llanma
Foto: Getty Images
Shifokorlar har bir taomni kamida 15 marta chaynashni maslahat berishadi, aks holda tiqilib qolish mumkin. Agar bir parcha ovqat havo yo‘lini to‘sib qo‘ysa, yordam berish uchun uch daqiqa vaqtingiz bor. Bunday hollarda hayotingizni saqlab qolish uchun quyidagilarni bilishingiz kerak.

Birinchi qoida: yo‘taling
Agar qiyinchilik bilan bo‘lsa ham nafas olayotgan va hatto gapira olayotgan bo‘lsangiz havo yo‘llari to‘liq bloklanmagan. Bunday holda tiqilib qolgan qismni havo oqimi va diafragma mushaklarining kuchlanishi yordamida itarishga harakat qilish mumkin. Buruningiz bilan nafas oling va iloji boricha yo‘talishga harakat qiling. Buning uchun tanangizni belgacha egib, qo‘llarni soningizga qo‘ying va kuchingiz boricha yo‘taling.

Ikkinchi qoida: Amerikancha o‘t o‘chirish usulini sinab ko‘ring
Jeff Reman — amerikalik feldsher va o‘t o‘chiruvchi tiqilib qolganda o‘z-o‘ziga yordam berish texnikasini o‘ylab topgan. Buni quyidagicha bajarish kerak:
  • Tiz cho‘kib, kaftlaringizni yerga qo‘ying.
  • Qo‘llaringizni poldan tezda olib, ko‘kragingiz bilan yiqiling. Zarba tufayli havo yoki u bilan yopishgan narsa yoki ovqat bo‘lagi o‘pkadan kuch bilan chiqib ketadi.

Uchinchi qoida: yon tomondan foydalaning
Past balandlikda joylashgan har qanday chiqadigan sirt: vannaning yon tomoni, stul yoki divanning yoni, stulning orqa tomoni va boshqalardan foydalansa bo‘ladi. Qorinning yuqori qismi qattiq sirtga to‘g‘ri tushishi uchun egilib, keyin oyoqlaringizni bo‘shashtiring va qorningiz bilan keskin yon sirtga uriling. Tiqilib qolgan ovqat bo‘lagi birinchi zarbadan keyin chiqishi kerak.

To‘rtinchi qoida: o‘zingizga Heimlich usulini qo‘llang
Heimlich manyovri — bu bo‘g‘ilib qolgan odamning diafragmasiga bosim bo‘lib, yopishgan narsa yoki ovqat bo‘lagini chiqarib tashlashga yordam beradi. Ayniqsa, bu usul jabrlanuvchiga nisbatan boshqa birov tomonidan amalga oshirilsa, samarali bo‘ladi, lekin yaqin atrofda hech kim bo‘lmasa, buni o‘zingiz ham qilishingiz mumkin. Quyidagicha qilinadi:
  • Qo‘lingizni musht qilib, oshqozon, kindik va qovurg‘a tagiga qo‘ying. Bunday holda bosh barmog‘i oshqozonga qarshi turishi kerak.
  • Bosimni oshirish uchun boshqa qo‘lingiz bilan mushtingizni ushlang.
  • J harfini chizayotgandek, tez harakat bilan, mushtingizni oshqozonga va yuqoriga torting.
  • Hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, stulning orqa tomoniga egilib, mushtingizni stul va oshqozon orasiga qo‘ying va harakatni takrorlang.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?