13:49 / 19.06.2022
1 483

O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Foto: Pinterest
Bolalikdan ma’lumki, yangi o‘rik shirinlikdan avval, uning o‘rniga va undan keyin ham foydalidir. Agar gazak iste’mol qilishni istasangiz, quritilgan o‘rik bulochkaga ajoyib muqobildir. Ammo ko‘pincha bunday qarash noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi, deb yozadi Elle.

Sog‘liq uchun aniq foydalariga qaramay, vitamin, elementlar va foydali kislotalarga boy bo‘lgan o‘rikni iste’mol qilishda me’yorni oshirib yubormaslik kerak. Yuqori shakar miqdori tufayli o‘rik (ayniqsa quritilgan) qandli diabetga chalinganlar uchun nojo‘ya ta’sirga ega va meva kislotalari bilan to‘yingan sharbati esa ovqat hazm qilish traktini bezovta qilishi mumkin. Biroq kuniga bir nechta o‘rik iste’mol qilishning foydasi xavflardan ancha ustundir.

Qon tomirlari va yurak salomatligini mustahkamlaydi

Yangi o‘rikdagi kaliy bananlarga qaraganda biroz kamroq, quritilgan o‘rik va turshaklar bu element bo‘yicha chempiondir. Shuning uchun kardiologlar ushbu mevalarni yozgi ratsionga kiritishni maslahat beradi — kuniga atigi 100-150 gramm o‘rik yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini va qondagi yomon xolesterin darajasini kamaytiradi.

Jigarni himoya qiladi

Turk olimlari o‘rikni muntazam iste’mol qilish va steatoz, ya’ni yog‘li jigar xavfini kamaytirish o‘rtasida kuchli bog‘liqlikni aniqladi, ammo bu faqat laboratoriyada sinalgan. Shunisi aniqki, diyetologlarga jigar sog‘lig‘i haqida qayg‘uradiganlarga o‘rik iste’mol qilishni maslahat beradi.

Stressini kamaytiradi

C vitamini va tokoferollarning yuqori miqdori tufayli yangi va quritilgan o‘riklar antioksidant ta’sirga ega. Aytgancha, buning isboti sifatida ushbu mevadan olingan yog‘ va ekstraktlarning kosmetika sanoatida g‘oyat mashhurligini misol qilish mumkin. O‘rik antioksidantlari terisi uchun foydali bo‘lib qolmay, balki butun organizmning hujayralarida stressni ham yengillashtiradi.

Vazn kamaytirishga yordam beradi

O‘riklar organizmdan ortiqcha suvni osongina chiqarib tashlaydi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Biroq o‘rikning parhezbop ta’sirini, agar ular ko‘p iste’mol qilinsa, sezmaslik mumkin. Chunki meva tarkibida juda ko‘p shakar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?