20:10 / 22.06.2022
1 251

Tik turib ovqatlanishning organizm uchun qanday zarari bor?

Tik turib ovqatlanishning organizm uchun qanday zarari bor?
Foto: Grazia
Albatta, har bir inson hayotida hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham, tik turib gazak yeyishga majbur bo‘lgan. Oshxonalarga borib, to‘g‘ri ovqatlanish uchun har doim ham vaqt bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pchilik bu borada tashvishlanishga hojat yo‘q deb o‘ylaydi, ammo mutaxassislar boshqacha fikrda, deb yozadi Grazia.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tik turgan holda ovqatlanish bir vaqtning o‘zida zararli va foydalidir. Bu tez-tez kislotali refluksiyadan aziyat chekadigan bemorlarga yordam berishi mumkin. Tik turganda kislotaning qizilo‘ngachga kirish ehtimoli kamroq bo‘ladi va shuning uchun yurakning tez urishi va noqulaylik kuzatilmaydi. Biroq salbiy oqibatlar ham mavjud.

Agar odam ovqatlanayotganda tik holatda bo‘lsa, qon ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan ichaklarga emas, balki oyoqlarga tushadi. Natijada, uglevodlar so‘rilishi yomonlashadi, shuningdek, gaz, qorin dam bo‘lishi va shunga o‘xshash noqulaylik paydo bo‘ladi.

Tik turib ovqatlanadiganlar shunchaki shoshqaloqlik qiladi. Ularda qancha ovqat iste’mol qilganini nazorat qilishga ham vaqt yo‘q. Agar ovqatlanishga e’tibor qaratilmasa, to‘qlik hissini ham sezmaslik mumkin. Natijada shunday vaqtda kerak bo‘lgandan ko‘proq ovqatlanish ham tabiiy.

Keyinchalik bu odatga aylanishi va vazn bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi shubhasiz. O‘ta band ish kunida ham tushlik qilish uchun 15 daqiqa vaqt ajratib, o‘tirgan holatda iste’mol qilish sog‘liq uchun g‘amxo‘rlik hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tik turib ovqatlanishning organizm uchun qanday zarari bor?