Foto: Getty Images
Bir piyola oddiy qora choy nafaqat chanqog‘ingizni qondiradi, balki dardingizga davo bo‘lishi ham mumkin.
Shilinish va kesilishlar
Choyda ko‘p bo‘lgan tanin moddasi biriktiruvchi ta’sirga ega va shuning uchun kichik qon ketishni to‘xtatishga qodir. Jarohatlangan joyga choy kompressini qo‘llash kifoya — shish pasayadi, qon oqishi to‘xtaydi va og‘riq kamayadi.
Oyoq terlashi
Oddiy qora choy oyoqning haddan tashqari terlashi uchun eng samarali vositalardan biri bo‘lishi mumkin. Tannik kislota bakteriyalarni o‘ldiradi va teshiklarni toraytiradi, shu bilan terlashning oldini oladi yoki kamaytiradi. 10 daqiqa davomida choy barglari qo‘shilgan vanna samara beradi.
Qon ketishi va milk kasalligi
Xuddi shu biriktiruvchi tanin kislotalari yallig‘lanishni kamaytirishga va milkdan qon ketishini to‘xtatishga yordam beradi. Faqat sovigan, ishlatilgan choy paketlarini milklaringizga surting va 10-20 daqiqaga qoldiring. Shuningdek, og‘zingizni choy barglari bilan chayishingiz mumkin — bu nafaqat yallig‘lanishni kamaytirishga, balki og‘iz bo‘shlig‘ini bakteriyalardan tozalashga ham yordam beradi.
Kon’yunktivit
Choy kompresslari ko‘z kasalligida ham yordam beradi: ularni 10-15 daqiqa davomida qovoqlarga qo‘ying.
Gerpes
Choyda ko‘p bo‘lgan flavonoid va kofein gerpes virusining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, bunda bergamotli choy ayniqsa samaralidir. Ta’sir qilingan joyga choy kompressini qo‘llang va 10 daqiqaga qoldiring. Kuniga 3-4 marta takrorlang.
Allergiya
Kuniga bir necha stakan choy yallig‘lanishdan himoya qiluvchi flavonoidlar tufayli allergiyani kamaytirishga va simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi.
Diareya
Qora choyda ko‘p bo‘lgan taninlar ham ichak shilliq qavatiga biriktiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu suyuqlikning chiqarilishining oldini oladi va yallig‘langan ichaklarni tinchlantiradi. Kofeinsiz choyga ustunlik berish tavsiya etiladi, chunki kofein tanani suvsizlantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin