date
views 2 058

Yuqori qon bosimi bilan yuradigan odamlar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar

Yuqori qon bosimi bilan yuradigan odamlar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar
Shifokor va boshlovchi Aleksandr Myasnikov va terapevt Alla Osipova “Rossiya 1” telekanali efirlaridan birida yuqori qon bosimida yuradigan odamlarning eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolarini aytishdi.

Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, oʻzboshimchalik bilan dori-darmonlardan voz kechish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Unda insultga chalinish ehtimoli ortadi. Dorilar dozasini oʻzgartirish yoki qabul qilmaslik borasida, albatta, davolovchi shifokor, mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Shuningdek, yuqori qon bosimida tuz va shakarni koʻp iste'mol qilish qat'iyan taqiqlanadi. Myasnikovning aytishicha, bu mahsulotlarni cheklaganda, qon bosimi hatto dori-darmonlarsiz me'yorga kelishi mumkin.

Iste'mol qilinadigan osh tuzi me'yori 5 gramm. Yuqori qon bosimidagi insonlar esa uch gramm osh tuzi iste'mol qilishi kerak”, - deydi Myasnikov.

Shuningdek, gipertoniyaga chalinganlar turli oʻtlar va giyohlar bilan davolanishga urinmaganlari ma'qul. Bir paytning oʻzida turli giyohlar va dorilar bilan davolanish sabab jigarni zaharlash mumkin. Shu bilan birga, Myasnikov gipertoniyaga chalinganlarga ivan-choy foylali boʻlishini aytib oʻtgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yuqori qon bosimi bilan yuradigan odamlar eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar