12:12 / 12.07.2022
1 448

Shifokor saratonga olib keladigan pishiriqlardan ogohlantirdi

Shifokor saratonga olib keladigan pishiriqlardan ogohlantirdi
Ko‘p miqdorda yog‘ qo‘shilgan pishiriqlar salomatlik uchun xavfli bo‘lib, saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik diyetolog Ivan Alimenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Har qanday pishiriqni sotib olishdan oldin uning tarkibini diqqat bilan o‘rganish kerak, eng xavfsiz mahsulot o‘simlik yog‘lari va boshqa yog‘lar qo‘shilmasdan un va suvdan iborat bo‘lgan mahsulotdir.

Haddan tashqari shirin bo‘lgan mahsulotlarga mukkasidan ketish ham saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

«Ushbu mahsulotlarning yuqori kaloriyali tarkibi fonida semirib ketish xavfi. Ortiqcha vazn ham juda ko‘p aks ta’sirga ega. Bular qandli diabet, gipertenziya, ateroskleroz va shunga o‘xshash kasalliklar. Bundan tashqari, xolesterinning ko‘payishi, ya’ni qonda yuqori zichlikdagi yog‘larning ko‘payishi bo‘lishi mumkin», - deya ogohlantirdi ekspert.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokor saratonga olib keladigan pishiriqlardan ogohlantirdi