Foto: «Zira.uz»
Tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimov yoz kunlarida muzday mahsulotlarning organizmga ta’siri haqida ma’lumot berib, ularni iste’mol qilishning bir qator salbiy oqibatlari borligini bildirdi.
Mutaxassis yoz chillasida shu kabi mahsulotlar (muzdek suv, sharbat, muzqaymoq) iste’molidan tiyilib turish tavsiya etilishi, bu o‘rinda gap faqat tomoq yoki boshqa ichki a’zolarni shamollatib qo‘yishdagina emasligini aytdi.
- "Oqsilga boy mahsulotlarni hazm qilish uchun organizm o‘zidan juda ko‘p issiqlik chiqarishi kerak. Bu jarayon tibbiyotda termogenez deb ataladi. Sodda qilib tushuntiraman. Jaziramada bitta muzqaymoq yedingiz. Vujudingiz qizib turibdi. Endi tanangiz oshqozonga tushgan o‘sha muzday mahsulotni hazm qilishi zarur. Buning uchun, avvalo, uni normal haroratgacha qizdirishi kerak.
Bu jarayon esa organizmni zo‘riqtirishi barobarida shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Shu ma’noda, yoz chillasida xona haroratida suv ichish va taom iste’mol qilish tavsiya etiladi", — deydi u.
Ta’kidlanishicha, ba’zi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilishiga sabab bo‘lib, peshob ajratish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, qushqo‘nmas shular jumlasidan. Achchiq qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida achchiq ovqat ahvolni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuchli terlashni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yo‘qotadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...